Alimentar-toksik aleykiyada rivojlangan angina
Alimentar-toksik aleykiyada rivojlangan angina
Kasallikni oziq-ovqat maxsulotlarida mavjud boʻlgan zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Organizmni zaharlanishi tufayli bemorda leykopoez, keyinchalik trombopoez va eritropoez jarayonlari susayadi. Kasallikning ikkinchi yarmida kamqonlik, leykopeniya (leykotsitlar soni 1109 /l gacha kamayadi), tanglay murtaklarining nekrotik yoki gangrenoz yalligʻlanishi rivojlanadi. Bemorning tana harorati koʻtarilib, qoʻl-oyoqlarida va gavdasida oʻziga xos toʻq-qizil nuqtali toshmalar (petexiyalar) paydo boʻladi. Mahalliy limfa tugunlar kattalashmaydi.