Tarqoq tashqi otit (otitis externa diffusae) – tashqi eshituv yoʻIi terisining yiringli tarqoqyalligʻlanishi boʻlib, uning rivojlanishiga turli mexanik, termik va kimyoviy jarohatlar, yiringli oʻrta otit sabab boʻladi. Bunda yalligʻlanish jarayoni tarqoq xarakterga ega boʻladi.
Kasallikni grammmusbat flora, Pseudomonas aeroginosa, S. pyogenes yoki aralash mikroflora va zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Organizmda uglevodlar almashinuvining buzilishi, immunitetning susa yishi, qandli diabet va allergik kasalliklar diffuz tashqi otitning rivojlanishiga yordam beradi.
Klinik belgilari. Tashqi tarqoq otit oʻtkir yoki surunkali shaklda kechadi. Kasallikning oʻtkir kechimida tashqi eshituv yoʻlining terisi dastlab qichiydi, keyinchalik ogʻriq belgisi qoʻshilib, qu loq doʻmboqchasi bosilganda yalligʻlangan quloq ogʻriydi, undan yiringli ajralma oqadi. Otosko piyada tashqi eshituv yoʻli togʻayparda qismining terisi qizarib, shishganligi, yorigi torayib unda koʻchgan epidermis qatlami va yiringdan hosil boʻlgan badboʻy boʻtqasimon ajralma toʻplanganligi, nogʻora parda ham biroz qizarib, koʻchgan epidermis bilan qoplanganligi koʻrinadi.
Qiyosiv tashxis. Tarqoq tashqi otitni birinchi navbatda oʻrta quloq kasalliklari, otomikoz va virusli otitlardan farqlash lozim. Tashqi eshituv yoʻlining tarqoq yalligTanishi bilan ogʻrigan bemorning eshitish qobiliyati oʻzgarmaydi. Zamburugʻli tashqi otitni inkor etish maqsadida mikologik tekshiruv oʻtkaziladi. Virusli otitda oʻziga xos gerpetik toshma toshadi, quloq suprasining orqa yuzasida, quloq solinchagi va tashqi eshituv yoʻlining orqa devorida mayda pufakchalar, grippdan soʻngi otitda esa gemorragik pufakchalar paydo boʻladi. Virusologik tekshiruv aniq tashxis qoʻyishga yordam beradi.
Tashqi quloq ekzemasida qizarish va shish tufayli quloq suprasi qalinlashib, eshituv yoʻli keskin torayadi, tashqi eshituv yoʻlining terisida kichik serozli pufakchalar paydo boʻladi. Pufakchalar yorilganda quloqdan serozli ekssudat oqib,terining qoʻl yuzasida sargʻish-kulrang poʻstloqlar koʻzga tashlanadi. Poʻstloqlar toʻplami tashqi eshituv yoʻlini qisman yoki toʻliq yopib qoʻyishi mumkin. Bemor qulogʻi tinimsiz qichishiga shikoyat qiladi.
Davolash. Bemorga vitaminlarga boy, uglevodlar miqdori cheklangan parhez taomlar tavsiya etiladi. Oʻtkir va shirin taomlarni isteʼmol qilish chegaralanadi. Giposensibilizatsiya (Kalsiy gluconat 0,5 g dan 3-4 mahal ichish ) va yalligTamshga qarshi davolash tadbirlari oʻtkaziladi.Tashqi eshituv yoʻli furatsilin eritmasi (1:5000) bilan yaxshilab yuvilib quritiladi, keyin unga safrodeks tomchilari tomiziladi. Quloqni kichishini kamaytirish uchun unga 1% mentol tomchisi, 1-2% salitsilat kislotasi, 2% sulfatiozol, 1-2% sariq simob va 2-5% oq simob, gioksizon yoki prednizolon, gidrokortizon, belogent, beloderm, selestoderm – B va boshqa glyukokortikoid malhamlar surtiladi. Bemorga UVCH,UBN, geliy-neon lazer nuri kabi fizioterapevtik muolajalar buyuriladi.
Kasallikning surunkali kechimida vaksinoterapiya, stafilokokga qarshi anatoksin, autogemoterapiya, vitaminoterapiya oʻtkaziladi.
Maʼlumki, qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarda tarqoq tashqi otitning surunkali shakli koʻp uchraydi va uzoq vaqt davom etadi. Uni davolashda odatdagi dori-darmonlar yaxshi natija bermaydi. Bunday hollarda C.A.Hasanov taklif etgan usul boʻyicha tashqi eshituv yoʻliga insulin eritmasiga shimdirilgan paxta pilikchasi qoʻyiladi va har 4-6 soatda 4-5 tomchidan insulin tomizilib turiladi. Mahalliy usulda qoʻllanilgan insulin retseptorlarga taʼsir koʻrsatib, hujayralar oraligʻidagi glyukozani hujayra ichiga kirishini va hujayradagi glikoliz jarayoni meʼyorda kechishini taʼminlaydi. Quloq suprasi orqa-pastki burmasining terisi ostiga 0,5% novokainda eritilgan antibiotik limfotrop usulda yuboriladi.
Kasallikni oldini olishda gigiyena qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega.