Peshona boʻshliqlari (sinus frontalies) juft boʻlib, peshona suyagi ichida joylashgan. Har birining hajmi oʻrtacha 4,7 sm ga teng boʻlib, sagital kesimda uchburchak shakliga ega. Peshona boʻshligʻi toʻrt devorga ega boʻlib,
uning pastki, koʻz kosasi devori koʻz kosasining yuqori devorini tashkil qiladi va kichik maydonda gʻalvirsimon boʻshliq katakchalari bilan chegaralangan.
Uning old, yuz devori eng qalin boʻlib, qalinligi 5-8 mm tashkil qiladi.
Boʻshliqning orqa, bosh miya devori ancha mustahkam boʻlib, kalla boʻshligʻining old chuqurchasi bilan chegaralangan.
Peshona boʻshliqlarni bir-biridan ajratib turuvchi toʻsiq peshona boʻshligʻining ichki devori hisoblanadi.
Boʻshliq tubida peshona-burun kanalining teshigi mavjud boʻlib, u oʻrta burun yoʻlining old qismiga ochiladi. Kanalning uzunligi 10-15 mm ni, eni 1-4 mm ni, kattalarda 7-8 mm ni tashkil etishi mumkin.
Peshona boʻshligʻining rivojlanishi 5-10 yoshga borib toʻliq tugaydi va koʻpincha asimetrik boʻladi, 13 % hollarda ikkala tomonda umuman boʻlmasligi,10,4% hollarda u yoki bu tomonda rivojlangan boʻlishi mumkin