Qizamiq-odatda bolalarda organizmning umumiy zaharlanish belgilari, nafas yoʻllari va limfadenoid halqum halqasi shilliq pardasining yalligʻlanishi, kon yuktivit, terida papula toshmalariningpaydo boʻlishi bilan kechuvchi oʻtkiryuqumli kasallik.
Halqumni yalligʻlanishi qizamiqning ham yashirin davrida, ham toshma davrida kuzatiladi. Bolalarda dastlab yuqori nafas yoʻllarining kataral oʻzgarishlari va konyuktivit belgilari paydo boʻladi. Kasallikning 3-4- kuni toshma paydo boʻlishidan oldin lunjlarning ichki yuzasida qizamiq kasalligiga xos Filatov-Koplik dogʻlari (oʻlchami 1-2 mm boʻlgan 10-20 dona alohida-alohida oqish dogʻchalar) paydo boʻlib, 2-3 kundan soʻng yoʻqoladi.
Faringoskopiyada ogʻiz boʻshligʻi, ogʻizhalqum va yumshoq tanglayning shilliq pardasi qizargan va biroz shishganligi, unda turli oʻlchamdagi bir-biriga qoʻshilib ketgan qizil dogʻlar (qizamiq enantemasi) koʻrinadi. Tanglay murtaklarining zararlanishi lakunar yoki follikulyar angina manzarasini eslatadi.
Toshmalar davrida yuqori nafas yoʻllari kataral oʻzgarishlaming kuchayishi bilan birga, halqum halqasi limfadenoid toʻqimasining umumiy giperplaziyasi, mahalliy limfa tugunlarning kattalashishi, tana haroratining koʻtarilishi kuzatiladi.
Kasallikning sogʻayish va undan keyingi davrida immunitetning susayishi natijasida ikkilamchi infeksiya qoʻshilib, bemorda milk, til va lablarning yaralanishi, ogʻir oʻtkir va subxordal laringit belgilari kuzatilishi mumkin.
Davolash asosan simptomatik boʻlib, u bemorni parvarish qilish, yaxshi ovqatlantirish, vitaminoterapiya, ogʻiz boʻshligʻini antiseptik eritmalar bilan chayishni oʻz ichiga oladi.
Bolalarni qizamiqga qarshi emlash kasallikni oldini olishga yordam beradi. Asoratlar rivojlanishi xavfi tugʻilganda antibakterial terapiya buyuriladi.