Burun yondosh boÊ»shliqlari asosan rezonans va himoya vazifasini bajaradi. Ular havoli boÊ»shliq sifatida ogÊ»iz boÊ»shligÊ»i, halqum va hiqildoq bilan birga inson ovozining oÊ»ziga xos tembrini va boshqa xususiyatlarini shakllantirishda ishtirok etadi.Â
Kichik boÊ»shliqlar (gÊ»alvirsimon suyak katakchalari,ponasimon boÊ»shliqlar) yuqori tovushlar rezonansida,Â
yirik boÊ»shliqlar (yuqori jagÊ» va peshona boÊ»shliqlari) past tovushlar rezonansida qatnashadi.Â
Kattalarda burun yondosh boʻshliqlarining oʻlchamlari odatda oʻzgarmaydi, shuning uchun ovozning tembri ham bir umrga oʻzgarmaydi. Ovoz tembrining biroz oʻzgarishi burun yondosh boʻshliqlarining yalligʻlanishida shilliq pardaning shishi va dagʻallashishi natijasida yuzaga keladi. Burunhalqum va burun boʻshligʻini tovush kelayotgan halqumning oʻrta boʻlimi va yumshoq tanglay maʼlum darajada rezonansni boshqarib turadi. Yumshoq tanglay falajida yoki yoʻqligida bemorda ochiq manqalanish, burunhalqum, xoanalar va burun boʻshligʻi yopilganda – yopiq manqalanish kuzatiladi.