Magnit-rezonans tomografiya (MRT) tekshiruv usuli yashirin yalligʻlanish oʻchoqlarini aniqlashga yordam beradi. Ionlashgan nur taʼsirisiz bajariladigan bu tekshiruv gʻalvirsimon boʻshliqning orqa katakchalari holatini, shilliq parda shishini, boʻshliq ichida ajralma yoki yumshoq oʻsma borligini aniqlash imkonini beradi. MRT tekshiruvining afzalligi shundan iboratki, u bemor holati oʻzgarmagan holda turli tekisliklarda bajariladi.
Rinologiyada MRT tekshiruvi
burun yondosh boʻshliqlarining zamburugʻli kasalliklarini,
mukosele va notipik kistalar kabi patologik oʻzgarishlarni aniqlash,
yallig‘lanish va oʻsma jarayonlarini farqlash uchun qimmatli maʼlumotlar olish imkonini beradi.
Ayrim hollarda, masalan xavfsiz va xavfli oʻsmalarning qiyosiy tashxisida,
jarrohlik amalidan oldin oʻsma chegarasini aniqlash jarayonida MRT tekshiruvi yumshoq toʻqimalar tasvirini yaxshiroq koʻrsatish imkoniyati bilan KT tekshiruvidan afzalroq hisoblanadi.
U oʻsma jarayonini ikkilamchi yalligʻlanish jarayonidan farqlashga,
oʻsmani koʻz kosasi, kalla ichiga va bosh miyaning qattiq pardasiga tarqalganligini aniqlashga yordam beradi.
Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, MRT tekshiruvi sinusitlarni davolash samaradorligini baholashda soxta ijobiy maʼlumot olish va yalligʻlanish jarayonining hatto kichik qoldiqlari yoki toʻqimalarning reaktiv shishi bemorga keraksiz muolajalarini oʻtkazilisiga sabab boʻlishi mumkin.
Ionlashgan nurning salbiy taʼsiri nuqtayi nazardan qaraganda KT va MRT tekshiruvlari rentgenografiya tekshiruviga nisbatan ancha xavfsizroq hisoblanadi.