IV bosqich. Burunhalqumni barmoqlar yordamida paypaslash.
IV bosqich. Burunhalqumni barmoqlar yordamida paypaslash.
17. Bemor kursiga oʻtiradi, qoʻllariga qoʻlqop kiygan tekshiruvchi uning orqasida oʻng tomonda tik turib, chap qoʻlining bosh barmogʻi bilan bemor lunjini tishlari orasiga kiritib, ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi barmoqlari bilan pastki jagʻni ushlab, bilagi bilan bemorning boshini oʻzini tanasiga bosib turib, oʻng qoʻlining koʻrsatkich barmogʻini burunhalqumga, yumshoq tanglayning orqasiga chaqqonlik bilan kiritib, xoanalarni, burunhalqum gumbazini va halqum yon devorlarini paypaslaydi. Zarur boʻlsa tekshiruv dikain yoki lidokain bilan mahalliy ogʻriqsizlantirish ostida bajariladi.