Ponasimon boʻshliqlar (sinus sphenoidaliyes) juft boʻlib, ponasimon suyak tanasida joylashgan. Ular kalla suyagining asosini hosil qilishda ishtirok etadi. Boʻshliqlarning har biri toʻrtta devorga ega:
yuqori,
pastki,
tashqi va
orqa.
Ponasimon boʻshliqning toʻsigʻi uni oʻz chiqish teshigiga ega boʻlgan ikki alohida boʻshliqlarga boʻladi. Boʻshliqning yuqori devor turk egarining pastki yuzasi, gipofiz, koʻrish asab tolasi kesishmasi va hid bilish egatlariga ega bosh miya peshona boʻlagining bir qismi bilan yonma-yon joylashgan.
Uning pastki devori burun va burunhalqumning orqa gumbazini hosil qilishda ishtirok etib, unda Vidiyev kanal joylashgan.
Ponasimon boʻshliqning tashqi devori koʻpincha yupqa (1-2mm) boʻlib, ichki uyqu arteriyasi va gʻorsimon sinus boʻshligʻi (sinus cavernosus) bilan chegaralangan, bu joydan V juft bosh miya asab tolasining I shoxchasi va III, IV, VI juft bosh miya asab tolalari oʻtadi.
Uning orqa devori eng qalin devor boʻlib,ensa suyagining asos qismiga oʻtadi. Ponasimon boʻshliqning rivojlanishi 12 – 15 yoshda tugaydi.