OITV (odam immuniteti tanqisligi virusi) infeksiyasini rivojlanishiga retroviruslar sabab boʻladi. Kasallik asta-sekin rivojlanuvchi va belgisiz kechuvchi virus tashuvchilikdan boshlanib, keyinchalik oʻlim holatiga olib keluvchi va ogʻir yoʻldosh kasalliklar bilan kechuvchi orttirilgan immunitet tanqisligi sindromiga (OITS) aylanadi.
OITS kasalligi XX asrning oxirida insoniyat duch kelgan jiddiy muammolardan biri. Kasallik butun dunyodagi millionlab odamlarning nafaqat sogʻligiga, balki hayotiga ham xavf solmoqda. Hozirgi kunda butun Er yuzini va aholining barcha qatlamlarini qamrab olgan OITS kasalligining haqiqiy pandemiyasi haqida gapirish mumkin.
Etiologiyasi. Kasallikni retroviruslar oilasiga mansub, qon va boshqa biologik muhitlarda oʻz faoliyatini saqlab qolish qobiliyatiga ega odam immuniteti tanqisligi viruslari (OITV) koʻzgʻatadi. Bu virus uzluksiz kayta tirilish qobiliyatiga ega boʻlib, buning uchun u limfoid toʻqima, asab toʻqimasining mikrogliyasi va ichaklar epiteliysidan zahira (rezervuar) sifatida foydalanadi.
Patogenezi. Kasallikning patogenezi hujayra va gumoral immunitetning buzilishi bilan bogʻliq, chunki odam immuniteti tanqisligi T-xelperlarni zararlaydi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai kasallikning turli bosqichi bilan ogʻrigan bemor boʻlib, virus uning qonida, spermasida, qin ajralmasida, ona sutida mavjud boʻladi.
Tarqalish yoʻllari. Kasallik bemordan sogʻlom odamga qon orqali (ayniqsa narkomanlar orasida bitta shpritsni bir nechta odam ishlatganda), shilliq parda orqali jinsiy aloqalarda (ham gomo-, ham geteroseksual aloqalarda), platsenta orqali onadan bolaga va ona suti orqali tarqaladi.
Zararlanish va kasallikning dastlabki belgilarni paydo boʻlishi orasidagi davr turli bemorlarda turlicha davom etadi. Oʻrta hisobda organizmda kasallikning belgisi sifatida baholanuvchi qonda OITV ga karshi antitelolarni aniqlanishidan boshlab, OITS ning klinik belgilari rivojlanishigacha 7-11 yil oʻtadi, ammo kasallik dastlabki 3 yil ichida ham namoyon boʻlishi mumkin.
OITV odam organizmining barcha biologik muhitlarida aniqlangan.
Yuzasida CD4 antigenga ega hujayralar OITV uchun nishon hujayralar boʻlib xizmat qiladi, asosan ular T-limfotsitlardir.
Monotsit va makrofaglar OITVning taʼsiriga chidamli boʻlsalarda, ular uning disseminatsiyasiga (tarqalishiga) yordam beradi.
OITV-infeksiyasining xarakteri va kechimining ogʻirligini oldindan aytish uchun CD4 + Tlimfotsitlar miqdorini va “virusli ustama”ni (polimeraz zanjir reakisiyasi usuli bilan aniqlangan 1ml qon zardobidagi viruslar miqdori) aniqlash muhim ahamiyatga ega.
CD4+ hujayralarning soni kamaygan va immun javobi susaygan sari virusli ustama koʻpayib boradi, bu esa kasallikni zurayishi bilan namoyon boʻladi.
Tansifi. Mamlakatimizda qabul kilingan OITV-infeksiyasining klinik tasnifi boʻyicha kasal-
likning kechimida bir-birini navbatma-navbat almashtiruvchi 4 ta davri kuzatiladi:
- davr; inkubatsiya davri;
- davr; birlamchi belgilar, shu jumladan uch bosqichlar (fazalar):
oʻtkir infeksiya bosqichi;
belgisiz infeksiya bosqichi;
V) koʻpsonli tarqoq lifadenopatiya bosqichi.
- davr; ikkilamchi kasalliklar davri, u ham turli infeksiya va oʻsma jarayonlarining
kuchayishini va tarqalishini aks ettiruvchi uch (A,B,V) bosqichdan (fazalardan) iborat.
IY- davr: terminal davri.
Klinik belgilari. LOR-aʼzolari, birinchi navbatda halqumning turlicha zararlanishi OITV- infeksiyasida tez-tez uchraydigan belgilardan biri boʻlib, kasallikning deyarli barcha shakllarida kuzatiladi, hamda muhim diagnostik ahamiyat kasb etadi.
inkubatsiya davri – bu OITV-infeksiya bilan zararlanish paytidan boshlab, oʻtkir infeksiya belgilari va/yoki qon zardobida spetsifik antitelolar paydo boʻlishi orasidagi davr boʻlib, u 2-4 haftadan 3 oygacha (oʻrta hisobda 1 oy) davom etadi.
davri – OITV-infeksiyasining dastlabki belgilari rivojlangan davri (zararlanishdan soʻnggi 6- 8- haftasi).
A bosqich: OITV-infeksiyasining oʻtkir boshlanishi nospetsifik boʻlib, mononukleozsimon (koʻp hollarda) yoki grippsimon sindrom, poliadenit, nafas yoʻllari pastki boʻlimlarining zararlanishi, serozli meningit, entsefalopatiya, nefropatiya, trombotsitopatiyaning klinik belgilari bilan namoyon boʻladi.
Mononukleozsimon sindromda bemorning tana harorati 38-390C ga koʻtarilib, monotsitar shakldagi angina, limfa tugunlarning kattalashishi, gepato-va splenomegaliya, baʼzan artralgiya, mialgiya va diareya kuzatiladi. Periferik qondagi oʻzgarishlar (mononuklearlar, shu jumladan atipik shakllarining sonini koʻpayishi) monotsitar anginani inkor etolmaydi. Shu sababdan qator hollarda birlamchi OITV-infeksiyasining belgilari kuzatilgan bemorlar angina tashxisi bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladilar va faqat serologik tekshiruvda aniqlangan OITV-antitelolar aniq tashxis qoʻyishga yordam beradi. Bu davrda bemorning gavdasida, yuzida, boʻynida eritemali makulopapulyoz va gemorragik vaskulit toshmasiga oʻxshash diametri 3 mm ga teng gemorragik dogʻlar paydo boʻladi.
Grippsimon sindrom toʻsatdan boshlanishi, tana haroratining balandligi, qaltirash, bosh ogʻriqi, mialgiya, anoreksiya bilan kechuvchi organizmning keskin zaharlanish belgilari bilan namoyon boʻladi; bemorda poliadenopatiya, splenomegaliya, ekssudativ faringit kuzatilishi mumkin. Halqumning shilliq pardasi qizargan, biroz shishgan, murtaklar qizarganligi aniqlanib, kasallik adenovirusli infeksiyani eslatuvchi toʻlqinsimon kechimga ega boʻlishi mumkin. OITV-infeksiyasining IIA bosqichida yuz va buyin sohasi terisining gerpetik infeksiyasi rivojlanishi mumkin.
Tekshiruv paytida mononukleozsimon yoki grippsimon sindromlar belgilarini monositar angina yoki oʻtkir respirator infeksiyadan farqlash juda qiyin, chunki kasallikning bu bosqichida halqumning oʻziga xos spetsifik oʻzgarishlari kuzatilmaydi.
IIA bosqich: belgisiz virustashuvchilik (qonda OITV ga qarshi antitelolar titrini oʻsib borishi davri). Bu davrda OITV – infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarning deyarli 50% da markaziy asab tizimida rivojlangan demiyelinizatsiya jarayoni sensonevral past eshitishlik va muvozanat aʼzosi kasalliklarining subklinik shakllarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ayrim bemorlarda rivojlangan tranzitor trombotsitopeniya jarrohlik amali paytida qon ketishi asoratini yuzaga kelishiga sabab boʻladi.
IIB bosqich: koʻpsonli (persistirlangan) tarqoq limfadenopatiya koʻp vaqt davomida (10 yil va undan ortiq) tarqoq limfadenopatiya kasallikning yagona belgisi boʻlishi mumkin.
Koʻpincha orqa boʻyin, ensa orti va retromandibulyar limfa tugunlar kattalashadi. Bemorlarda limfa tugunlarning kattalashishi, tana haroratini 390 C ga va undan ortiq oshishi, qaltirash va terlash bilan kechadi; boshqa hollarda kasallik belgisiz kechadi.
bosqichi bevosita IV bosqichga oʻtishi yoki oʻrtacha immun tanqisligi ostida kechuvchi OITS-assotsiasiya kompleksi bilan namoyon boʻlishi mumkin.
IY bosqich (terminal bosqich): ushbu davrda koʻpincha opportunistik va onkologik kasalliklarni shiddat bilan rivojlanishi kuzatiladi.
Immun tizimi meʼyorda boʻlgan odam uchun xavfsiz, ammo immunitet tanqisligi sharoitida ogʻir kasalliklarning rivojlanishiga sabab boʻluvchi shartli-patogen mikroorganizmlar qoʻzgʻatgan kasalliklar “opportunistik kasalliklar” deb nomlanadi. Immunitetning keskin susayishi sharoitida dastlab streptokokk, stafilokokk va pnevmokokk infeksiyalari faollashadi. Bu davrda bemorlarda kuzatilgan angina davolash tadbirlarining samarasizligi va ogʻir asoratlar (paratonzillit, parafaringit, sepsis) rivojlanishi bilan kechadi.
LOR-aʼzolarining boshqa oʻtkir va surunkali kasalliklarining rivojlanishi ham immumtetimng keskin susayishi sharoitida piogen floraning faollashishi bilan bogʻliq boʻladi. Oʻtkir sinusit va otitni anʼanaviy terapiya yordamida deyarli davolab boʻlmaydi va kasallik tez-tez avj oluvchi va ogʻir asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan surunkali shakliga aylanadi.
LOR-aʼzolarining opportunistik infeksiyalari orasida halqum va qiziloʻngach kandidozi ayniqsa koʻp uchraydi. Ilgari hech qachon antibiotiklar, kortikosteroidlar yoki sitostatik dorilarni qabul qilmagan yosh yigit – qizlarda davomli faringomikoz kasalligi aniqlanganda shifokor ularni darhol OITV -infeksiyasiga tekshirishi lozim.
Opportunistik kasallikning eng ogʻiri – bu pnevmotsitoz, yaʼni pnevmotsitli zotiljam boʻlib, u immuniteti juda susayib ketgan bemorlarda rivojlanadi. OITS bilan ogʻrigan bemorlarning 2/3 qismi oʻpka pnevmotsitozi kasalligiga chalinsada, oʻrta quloq kasalliklari ularda kamroq uchraydi.
OITS ning muhim belgilaridan biri – bu sababsiz rivojlangan immunodepressiya holati, hamda bir oydan ortiq vaqtga choʻzilgan ogʻiz boʻshligi, halqum shilliq pardalari va terining gerpetik infeksiyasidir. Yuzda paydo boʻlgan toshmalar bilan boshlangan oddiy gerpes dissiminatsiyalashgan (tarqoq) xarakter kasb etishi mumkin. Bemorda tashqi eshituv yoʻli toshmalari, zararlangan tomonda yuz sohasini keskin ogʻrishi, yuz(YII) va dahliz-chigʻanoq (YIII), baʼzan uchshoxli ( Y) , sayyor (X) va qoʻshimcha (XI) asab tolalarining zararlanishi bilan kechuvchi herpes zoster otitis rivojlanishi mumkin.
Gerpetik angina umumiy va mahalliy belgilar bilan kechadi. Umumiy belgilar tana haroratini koʻtarilishi, noxushlik, holsizlik bilan namoyon boʻladi. Gerpetik anginadagi mahalliy belgilar tanglay murtaklari, tanglay ravoqchalari, yumshoq tanglayning qizargan shilliq pardasida papulalar paydo boʻlishi bilan ifodalanadi. Papulalar dastlab oq-kulrang pufakchalarga, keyin kichik eroziyalarga aylanadi (atsiklovir dori vositasi qoʻllanilgandan keyin gerpetik infeksiyani davolash samaradorligi ancha oshdi).
OITS bilan ogʻrigan bemorlarda til chetida, lunjlar shilliq pardasida “tukli leykoplakiya”, yaʼni oq, yuzi notekis bujmaygan shilliq pardaning qalinlashgan maydoni aniqlanadi. Uning rivojlanishiga Epshteyn-Barr virusi yoki papilloviruslar sabab boʻladi.
Sitomegalovirusli infeksiya OITS ga chalingan bemorlarda ezofagit, kolit, gastrit, enteritni rivojlanishiga olib keladi. Oshqozon-ichak yoʻllaridan tashqari u koʻzlarni (xorioretinit), markaziy asab tizimini va oʻpkani zararlashi mumkin.
Oʻsma jarayoni bilan kechgan OITS da koʻpincha Kaposhi sarkomasi – qon tomirlarning xafli oʻsmasi uchraydi. Boshning terisida qizil yoki pigmentga boy dogʻlar paydo boʻlib, ular dastlab papula va tasmalarga aylanadi, keyinchalik bir-biriga qoʻshilib, inflltratlar hosil qiladi. Tuzilma koʻpincha quloq suprasida va quloq orti sohasida, ogʻiz boʻshligʻining qattiq va yumshoq tanglay sohasida, lunjlarning shilliq pardasida, murtaklarda va hiqildoqda (bunda bemorning ovozi boʻgʻiladi) joylashadi.
Tashxis OITV – infeksiyasi tashxisi klinik va epidemiologik anamnez maʼlumotlari tahlili va laboratoriya tekshiruvlari natijalariga bogʻliq. OITV-infeksiyaning laboratoriya tekshiruv usullari organizmning biologik suyuqliklarida OITV ga qarshi spetsifik antitelolarni aniqlashga asoslangan.
Standart va eng oddiy tekshiruv – bu immunoferment tahlil (IFT) reaksiyasi boʻlib, u OITV ga qarshi antitelolarni serologik usulda aniqlash va keyin immun tizimning reaksiyasida ularning spetsifik ekanligini tasdiqlashdan iborat. Bemorlarda OITV ga qarshi antitelolar zararlanish paytidan boshlab, 2- haftadan 3 oygacha vaqt davomida paydo boʻladi.
Hozirgi kunda OITV-infeksiyasini aniqlash uchun polimeraz zanjir reaksiyaci (PZR) tekshiruvi keng qoʻllanilmoqda. Ushbu tekshiruvda kasallikning kechimi ogʻirlashgan sari keskin oʻsib boruvchi “virusli ustama” koʻrsatkichi aniqlanadi.
Davolash. Hozirgi kunda OITV-infeksiyasiga chalingan bemorlarni uzil-kesil davolash imkonini beruvchi dori vositalar yoʻqligi sababli davolash tadbirlari OITS kasalligini oldini olish yoki uni ogʻirlashishini sekinlashtirishga qaratilgan.
Davolashda spetsifik viruslarga, shu jumladan retroviruslarga qarshi dorilar: zidovudin, didanozin, ritonavir, indinavir va boshqalar keng qoʻllaniladi.
Retroviruslarga qarshi dorilar bilan davolash tadbirlarini bemorda keskin immun tanqisligi rivojlanmasdan oldin boshlash va umri davomida davom ettirish lozim. Davolash samaradorligi virusli ustama koʻrsatkichi va CD 4 + T-limfotsitlar soni oʻzgarishini doimiy nazorat qilish orqali baholanadi.
Shu bilan bir paytda bemorda opportunistik, Qon va oʻsma kasalliklarini davolash tadbirlari ham olib boriladi. OlV-infeksiyasi bilan zararlangan bemorda LOR-aʼzolarining ikkilamchi kasalliklarini davolash oʻziga xos xususiyatlarga ega: kasallik qoʻzgʻatuvchisiga qarshi dorilar koʻp miqdorda va uzoq vaqt davomida qoʻllaniladi; ular kasallikni oldini olish maqsadida ham tavsiya etiladi. Davolashda immunstimulyatorlar va immunodepressiv dorilarni qoʻllash man etiladi.