Tashqi quloq
Tashqi quloq
Eshituv aʼzosi tovush toʻlqinlarini masofada aniqlash vazifasini bajaradi. U kichik boʻlsada juda murakkab tuzilgan va oʻziga xos anatomik,fiziologik xususiyatlarga ega. Inson qulogʻi 3 qismdan tashkil topgan: tashqi, oʻrta va ichki.
Tashqi quloq (aurus externa) quloq suprasi (auricula) va tashqi eshituv yoʻlidan (meatus acuticus externa) tuzilgan.