Hiqildoqning innervatsiyasini simpatik va sayyor asab tolalammg sezuvchan va harakat shoxchalari taʼminlaydi.
Yuqori hiqildoq asab tolasi (n. laryngeus superior) gangl.nodosum ning pastki qismi sathida sayyor asab tolasidan tarmoqlanib, til osti suyagining katta oʻsigʻi orqasida ikki shoxchaga boʻlinadi:
a) r.externus – tashqi shoxcha, u hiqildoqning m.crocothyreoideus mushagi va shilliq pardasining innervatsiyasini taʼminlaydi;
b) r.internus -ichki shoxcha, u membrana thyreoideani teshib oʻtib, hiqildoq shilliq pardasining sezuvchan innervatsiyasini taʼminlaydi.
Pastki hiqildoq asab tolasi (n. laryngeus inferior) sayyor asab tolasidan chap tomonda n.recurrens asab tolasi aorta yoyini egib oʻtgan joyda, oʻng tomonda – oʻmrov osti arteriyasi sathida boshlanadi. Sayyor asab tolasidan tarmoqlangandan soʻng oʻng tomondagi qaytuvchi asab tolasi (n.recurrens) yuqoriga koʻtarili, traxeya va qiziloʻngach orasida yon tomonda, chap tomondagi qaytuvchi asab tolasi esa qiziloʻngach old yuzining chap tomonida joylashadi. (Boʻyin sohasi ezofagotomiyasi jarrohlik amalida bu asab tolalarning oʻziga xos joylashuvi eʼtiborga olinishi lozim!) qalqonsimon togʻayning kichik shoxchasi uzuksimon togʻay bilan birikkan joyda pastki hiqildoq asab tolasi n.laryngeus inferior nomini olib, hiqildoq ichiga kiradi va hiqildoqning ichki mushaklarini (yuqori hiqildoq asab tolasi bilan taʼminlangan old uzukqalqonsimon mushagidan tashqari) innervatsiya qiluvchi shoxchalarga boʻlinadi.
Yuqori va pastki hiqildoq asab tolalari simpatik asab tolalari bilan bogʻlangan, ularning harakat tolalari sayyor asab tolasining harakat oʻzagidan boshlansa, sezuvchan tolalari – tractus solitaris ning bir qismini hosil qiladi.
Koʻkrak qafasi yoki koʻks oraligʻi sohasida qaytuvchi asab tolasining bir qismini oʻpka oʻsmasi, aortaning kengaygan qismi yoki kattalashgan koʻks oraligʻi limfa tugunlari bilan bosilganda hiqildoqning harakat innervatsiyasi buziladi.
Hiqildoqning asab tolalarida turli miyelinli va miyelinsiz tolalardan tashqari, serebrospinal va vegetativ asab hujayralari va insulin ishlab chiqaruvchi endokrin hujayralar (apudotsitlar) mavjud.
Hiqildoq 3 refleksogen maydonlarga boʻlinadi:
maydon – hiqildoq usti qopqogʻining hiqildoq yuzasi, choʻmichhiqildoq usti burmalari;
maydon – choʻmichsimon togʻaylarining old yuzasi, ovoz oʻsiqlari orasidagi maydon;
maydon – hiqildoqning pastki qavati, ovoz boylamlarining ostidagi maydon.
Birinchi va ikkinchi refleksogen maydonlar nafas olish faoliyatini taʼminlasa, uchinchi maydon ovoz boylamlarining ovoz chiqarishidagi harakatini taʼminlaydi.