Yuqori jagʻ boʻshliqlarini a. nasalis posterior qon bilan taʼminlaydi. Ulardan vena qon tomirlari qisman qanottanglay chigaliga, qisman v.facialis ga, limfa tomirlar esa chuqur boʻyin yoki jagʻ osti limfa tugunlariga quyiladi.
Gʻalvirsimon boʻshliqlar old va orqa gʻalvirsimon va koʻz yoshi arteriyalardan qon oladi, vena qoni koʻz kosasi venasiga quyiladi.
Peshona boʻshliqlarni a.sphenopalatina va a.ethmoidalis anterior qon bilan taʼminlaydi, vena qon tomirlari qisman sinus longitudinalis superiorga yoki foramen coecum ga quyiladi.
Ponasimon boʻshliqlarni a.sphenopalatina, a.pterygopalatinae, a.vidianae qon bilan taʼminlaydi, vena qon tomirlari asosan sinus cavernosusga, qisman v. oftalmicaga quyiladi.
Burun yondosh boʻshliqlaridan limfa asosan burun boʻshligʻi limfa tizimi orqali pastki jagʻ osti va chuqur boʻyin limfa tugunlarga quyiladi.
Ularning innervatsiyasini uch shoxli asab tolasining birinchi shoxchasi va qanottanglay tuguni taʼminlaydi.