1. Burunning orqa boʻlimlarini koʻzdan kechirish uchun burunhalqum koʻzgu dastasiga oʻrnatiladi va 2-3 soniyaga issiq suvga solinib, isitiladi.
2. Oʻng qoʻlga koʻzgu dastasi olinib,yuzini toza doka bilan artiladi va chap qoʻlning bosh barmogʻi bilan isiganligini tekshirib koʻriladi.
3. Chap qoʻliga shpatel olinib, oʻng ogʻiz burchagidan bemorning ogʻziga kiritiladi va uchi bilan tilning old 2/3 qismi astagina bosiladi.
4. Teshiruvchi burunhalqum koʻzgusini oʻng qoʻli bilan qalamni ushlaganday yengil ushlab, uni til negizi va halqumning orqa devoriga tekkizmasdan yumshoq tanglayni orqasiga 450 ostida kiritadi (bunda koʻzgu yuzi yuqoriga qaragan boʻlishi lozim);
5. Tekshiruvchi yorugʻlik toʻplamini koʻzguga yoʻnaltirgan holda koʻzguni u yoki bu tomonga burab, burun boʻshligʻining orqa boʻlimlarini koʻzdan kechiradi.
6. Tekshiruv paytida bemor burun orqali nafas olishi lozim.
Orqa rinoskopiyada burun chigʻanoqlarining orqa uchilari, burun yoʻllari, burun toʻsigʻining orqa boʻlimi (dimogʻ suyagi) koʻrinadi. Meʼyorda burun chigʻanoqlarining orqa uchlari xoanalardan chiqmay, dimogʻ suyagi oʻrta chiziq boʻylab joylashadi.
Katta yoshli bolalarda orqa rinoskopiya tekshiruvi odatda mahalliy ogʻriqsizlantirish ostida bajarilishi mumkin.