Burun yondosh boʻshliqlarini ultratovush yordamida tekshirish ”Smusoskan” kabi asboblar yordamida bajariladi. Havo muhiti ultratovush toʻlqinlari uchun absolyut toʻsiq boʻlib xizmat qiladi, shuning uchun ular havoli boʻshliqlarni aylanib oʻtadi va exogrammada aks etmaydi. Boʻshliqning ichi patologik ajralma, polip yoki oʻsma bilan toʻlgan hollarda ekranda patologik oʻzgarishning shakli va joylashuvini aks ettiruvchi chiziqlar paydo boʻladi.
Keyingi yillarda amaliyotga ultratovushli biolokatsiya tekshiruv usuli keng tadbiq etilmoqda. U turli zichlikdagi toʻqimalar chegarasida aks etayotgan tovushni qayd qilishga asoslangan. Ushbu tekshiruvning avzal tomoni shundan iboratki, unda bemorga ionlashgan nur bilan taʼsir etilmaydi. Chet ellarda ishlab chiqilgan exosinusoskoplar yordamida bajariladigan ultratovush tekshiruvi (UTT) xususan burun yondosh boʻshliqlari kasalliklarini aniqlashda keng qoʻllaniladi.
Ammo burun yondash boʻshliqlarining ultratovushli biolokatsiya tekshiruvi rentgenografiya, KT va MRT tekshiruvlarga qaraganda kamroq maʼlumot beradi.