Traxeyanipastki qalqonsimon (a.thyroidea inferior) va ichki koʻkrak (a.thoracalis interna) arteriyalar va koʻkrak aortasining bronx shoxchalari (rami bronchiales aortae thoracicae) qon bilan taʼminlaydi. Vena qoni tomirlari traxeyani oʻrab olgan vena toʻriga va qalqonsimon bez venasiga quyiladi.
Limfa traxeyaning yon tomonida joylashgan limfa tugunlarga, yuqori qismidan hiqildoq oldi va yuqori chuqur boʻyin limfa tugunlariga, oʻrta qismidan yuqori chuqur boʻyin va umrov osti limfa tugunlariga, pastki qismidan old mediastinal limfa tugunlarga oqib tushadi.
Traxeya innervatsiyasini simpatik poya, sayyor asab tolasi va uning shoxchasi – pastki hiqildoq asab tolasi taʼminlaydi.
Traxeyaning yuqori yarim halqalari teridan 1,5-2 sm, koʻkrak qismida- 4 sm masofada joylashgan. Traxeyaning boshlangʻich qismi old tomondan qalqonsimon bezning oraliq qismi bilan, yon tomondan – uning boʻlaklari bilan yopilgan. Qalqonsimon bezning ostida teri osti boʻshligʻi boʻlib, u erda qon va limfa tomirlar, limfa tugunlar va vena toʻri joylashgan. Orqa tomonda traxeya qiziloʻngach, yon tomonlarda – umumiy uyqu arteriyalari bilan yonma-yon turadi. Koʻkrak qismida traxeya yarim halqalarining oldida aorta yoyi, yelka-kalla poyasi va chap uyqu arteriyasi joylashgan. Traxeyaning oʻng tomonida oʻng plevra qopi va sayyor asab tolasi, chapda – aorta yoyi, chap uyqu, oʻmrov osti arteriyalari va qaytuvchi asab tolasi joylashgan.