Ogʻizhalqum (oropharynx,mesopharynx) nafas va ovqatni hazm qilish yoʻllari bir-biri bilan kesishgan maydon boʻlib, uning orqa devori III-boʻyin umurtqasiga tutashadi. Old tomonda ogʻiz- halqum tomoq teshigi orqali ogʻiz boʻshligʻiga ochiladi. Tomoq (fauces)
yuqoridan- yumshoq tanglayning cheti,
yon tomonlaridan – old (tanglay-til) va orqa (tanglay-halqum) tanglay ravoqchalari va
pastdan til negizi bilan chegaralangan.
Yumshoq tanglay (palatum molle) qattiq tanglayning davomi boʻlgan harakatchan plastinka boʻlib, mushak tolalari va paylar toʻplami aponevrozlaridan tuzilgan. Tinch holatda yumshoq tanglay til asosi ustida osilib turadi, oʻrta chizigʻi boʻylab choʻzilgan erkin cheti tilcha (uvula) deb nomlanadi.
Har ikki tomonda tanglay pardasi ikki ravoqchalarda davom etadi.
Birinchisi (old) til ildizi tomon yoʻnalgan boʻlib, tanglaytil ravoqchasi (arcus palatoglossus),
ikkinchisi (orqa) halqum yon devorining shilliq pardasiga oʻtib, tanglay-halqum (arcus palatopharyngeus) ravoqchasi deb ataladi. Tanglay-til (old) ravoqchasining orqa yuzasida shilliq pardaning yupqa uchburchak (plica triangularis), yoki Gis burmasi oʻtadi. Uchburchak burma tanglay murtagini qisman yopib turadi.
Yumshoq tanglayda quyidagi mushaklar mavjud:
yumshoq tanglayni taranglashtiruvchi mushak (m.tensor velipalatini) – yumshoq tanglayning old va eshituv nayining halqum qismlarini kengaytiradi;
yumshoq tanglayni koʻtaruvchi mushak (m.levator velipalatini) – yumshoq tanglayni koʻtaradi, eshituv nayining halqum teshigini toraytiradi;
tanglay-til mushagi (m.palatoglossus) tanglay-til ravoqchasi ichida joylashib, tilning yon yuzasiga birikadi. qisqarganda tanglay-til ravoqchasini til negiziga yaqinlashtirib, tomoq teshigini toraytiradi.
tanglay-halqum mushagi (m.palatopharyngeus) tanglay-halqum (orqa) ravoqchasi ichida joylashib, halqumning yon devoriga birikadi. Qisqarganda tanglay-halqum ravoqchalarini bir- biriga yaqinlashtirib, halqum va hiqildoqning pastki qismini yuqoriga tortadi.
Har ikki tomonda tanglay ravoqchalari orasida, uchburchak shakldagi murtak chuqurligi (fossa tonsillaris) boʻlib, ularda tanglay murtaklari joylashadi.