Kataral angina – kasallikning eng yengil shakli boʻlib, yalligʻlanish jarayoni tanglay mutaklari barcha qatlamlarining yalligʻlanishi bilan kechadi. Anginaning bu shaklida tanglay murtaklari qizargan, shilliq pardasi hamda limfoid toʻqima shishgan va yuzi serozli ajralma bilan qoplangan boʻladi. Murtaklar epitelial qavatining yuzasida va kriptalarda limfositlar, leykositlarning qalin infiltratsiyasi aniqlanadi. Ayrim maydonlarda epiteliy yumshagan va muguzlangan boʻladi.
Klinik belgilari. Kasallik oʻtkir boshlanib, bemorning tomogʻida achishish, qichishi va yutganda kuchayadigan ogʻrishi kuzatiladi. U holsizlikka,boshi va baʼzan boʻgʻimlari ogʻrishiga, tana haro-rati, asosan subfebril, yaʼni 380 C gacha koʻtarilishiga,koʻngli aynishiga shikoyat qilishi mumkin.
Qonda neytrofilli leykotsitoz (7-9 10 9/ l), leykotsitlar formulasini biroz chapga siljishi, ECHT 18-20 mm/soat oshishi qayd etiladi. Baʼzan tana harorati meʼyorda boʻlishi yoki leykotsitlar formulasi oʻzgarishsiz qolishi ham mumkin. Faringoskopiyada murtaklar shilliq pardasining tarqoq qizarish va bu qizarish tanglay ravoqchalarining chetlariga tarqalganligi,tanglay murtaklari keskin kattalashib, qon tomirlari boʻrtib chiqqanligi, yumshoq tanglay va halqum orqa devorining shilliqpardasi oʻzgarmaganligi koʻrinadi. Bemoming tili quruq, oq-sargʻish karash bilan qoplanadi (127-rasm). Kataral angina koʻpincha follikulyar va lakunar anginalardan oldin rivijlanadi, 2 – 3 kun davom etib, davolanmasa follikulyar yoki lakunar anginaga aylanadi.
Kataral anginani oʻtkir faringitdan farqlash lozim. Oʻtkir faringit odatda oʻtkir respirator kasalliklarda rivojlanib, unda murtaklar va halqumning shilliq pardasi qizaradi, kataral anginada esa yalligʻlanish jarayoni asosan murtaklarda joylashadi. Mahalliy limfa tugunlari kattalashib, paypaslanganda biroz ogʻriydi.
Tashxis anamnez maʼlumotlari, bemor shikoyatlari mezo,-epi va gipo-faringoskopiya va klinik tekshiruvlar natijalari asosida qoʻyiladi.