Quloqning termik yoki kimyoviy jarohatlari yuqori yoki past haroratning, kislota yoki ishkorli eritmalarning taʼsiri natijasida sodir boʻladi. Tashqi quloqning termik jarohati deyarli doimo yuz, bosh va boʻyin sohasi kuyishlari bilan birga uchraydi.
Kuyishlarda quyidagi klinik darajalar tafovut qilinadi:
daraja – eritema, quloq suprasi terisining qizarishi va shishi;
daraja – shish va pufakchalarni hosil boʻlishi;
daraja – yuqoridagi belgilar va terining yuzaki nekrozi;
daraja – yuqoridagi belgilar va terining chuqur nekrozi.
Tashxis anamnez maʼlumotlari, bemor shikoyatlari va klinik manzara asosida qoʻyiladi.
Davolashda bemoming umumiy ahvoli, kasallikning klinik belgilari, zaharlanish darajasini hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Quloq suprasi va tashqi eshituv yoʻli terisining termik jarohatlarida birinchi tibbiy yordam umumiy jarrohlik qoidalari boʻyicha olib boriladi. Mushak orasiga ogʻriqsizlantiruvchi dori vositalar (morfiy, pantapon, promedol) yuboriladi. Mahalliy davolash usuli ogʻriqni kamaytirish, jarohat maydonini nekrozga uchragan toʻqimalardan tozalash, yalligʻlanishga qarshi davolash va teridagi jarohatni bitishini tezlashtirish, chandiqlar hosil boʻlishini oldini olish tadbirlaridan iborat.
Jarohat maydoniga aseptik sharoitda ishlov berilishi lozim. Nekrozga uchragan teri qatlamlari olib tashlangandan soʻng kuygan teri maydoni natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuvilib, quritiladi va spirt bilan artiladi. hosil boʻlgan pufakchalar ichidagi ekssudatni chiqarish maqsadida pufakchalar teshiladi yoki qaychi bilan kesiladi. Birlamchi jarrohlik ishlovidan soʻng jarohat maydoniga aseptik boylam qoʻyilmaydi,uni oʻrniga burushtiruvchi eritma – 5% tanin, permanganat kaliyning och pushti rangli eritmasi bilan namlanadi yoki maxsus lampa ostida quritiladi.
Quloq suprasi termik kuyishining I-II darajasini davolash jarayonida aseptika qoidalariga jiddiy rioya kilinganda u 10-12 kun ichida izsiz bitib ketadi. III-IY darajali kuyishlarda bemor qoqsholga qarshi emlanadi, nekrozga uchragan toʻqimalami olib tashlash bilan birga teri autotransplantasiyasi jarrohlik amali bajariladi. Nekrozga uchragan toʻqimalardan tozalash paytida antiseptik malham (levomikol) va kortikosteroid dori moddalari (oksikazol aerozoli, gidrokortizon suspenziyasi) ishlatiladi. Kuyishdan soʻng rivojlangan perixondrit umumiy tamoyillar boʻyicha davolanadi. Chuqur kuyishlarda tashqi eshituv yoʻli atreziyasini oldini olish maqsadida uning ichidagi ortiqcha yalligʻlanish oʻsmalari olib tashlanadi, joyi esa 10-40 % kumush nitrat eritmasi bilan kuydirilib, tashqi eshituv yoʻliga bioinert materialdan tayyorlangan naycha kiritilib, tashqi eshituv yoʻlining terisi epiteliy bilan qoplanmaguncha shu erda qoldiriladi. Quloqning termik kuyishi oʻrta quloqning oʻtkir yalligʻlanishi bilan birga kechganda yiringli oʻrta otitni davolash tadbirlari oʻtkaziladi.
Quloqning kimyoviy kuyishlarda birinchi tibbiy yordam neytrallashtiruvchi vositalarni zudlik bilan qoʻllashdan iborat. quloq suprasining tersi kislota eritmasi bilan kuyganda jarohat maydoni ishqorli eritma (2% natriy gidrokarbonat, magniy oksidi, sovun suvi) bilan, ishqor eritmasi bilan kuyganda esa 1-2% sirka yoki limon kislotasi bilan yuviladi. Keyin bemor termik kuyishlarni davolash qoidalari buyicha davolanadi.