Burun yondosh bo‘shliqlari
Burun yondosh bo‘shliqlari
Burun yondosh boʻshliqlariga (sinus paranasalis) burun boʻshligʻi atrofida joylashgan va teshiklari orqali burunga ochiladigan toʻrt juft havoli boʻshliqlar:
gʻalvirsimon,
yuqori jagʻ,
peshona,
ponasimon boʻshliqlari kiradi.
Burun yondosh boʻshliqlari old (gʻalvirsimon boʻshliqning old katakchalari, yuqori jagʻ, peshona) va orqa guruh (gʻalvirsimon boʻshliqning orqa katakchalari, ponasimon) boʻshliqlarga boʻlinadi. Ular tor kanallar orqali burun boʻshligʻiga ochiladi; old boʻshliqlar – oʻrta burun yoʻliga, orqa boʻshliqlar – yuqori burun yoʻliga ochiladi. Chaqaloqlarda faqat ponasimon va gʻalvirsimon boʻshliqlar toʻliq shakllangan boʻladi. P.S. yana ko'rish kerak.