Ichki quloqni bazilyar arteriyaning (a.basilaris) shoxchasi boʻ1gan ichki eshituv arteriyasi (a.auditiva interna) qon bilan taʼminlaydi. Ichki eshituv yoʻlida u 3 ta shoxchaga boʻlinadi:
dahliz shoxchasi (r. vestibularis),
dahliz-chigʻanoq shoxchasi (r. vestibulocochlearis),
chigʻanoq shoxchasi (r.cochlearis).
Labirintni qon bilan taʼminlanishi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
labirint arteriyalarining shoxchalari oʻrta quloq qon tomirlar tizimi bilan anasomozlar hosil qilmaydi;
dahliz (Reyssner) membranasi kapillyarlarga ega emas;
spiral aʼzoning neyroepitelial tukli hujayralarga qon tomirlar etib bormaydi; ular labirint suyuqliklari (perilimfa, endolimfa, kortilimfa) va trofik hujayralardan (Deyters hujayralari) oziqlanadilar;
ampula (crista ampularis) va otolit retseptorlar ( utriculus va sacculus) sohasida epiteliy osti kapillyar toʻri neyroepiteliy hujayralarga bevosita tegib turadi.
Ichki quloqdan vena qoni 3 ta yoʻl orqali chiqariladi:
chigʻanoq suv oqavasi vena tomirlari (v.aquaeductus sochleae);
dahliz suv oqavasi vena tomirlari (v. aquaeductus vestibuli);
ichki eshituv yoʻli vena tomirlari.
Dahliz suv oqavasi vena tomirlari – sinus transversusga, chigʻanoq suv oqavasi vena tomirlarisinus petrosus inferiorga qoʻyiladi. Labirintning limfa yoʻllari subdural va subaraxnoidal boʻshliqlar bilan aloqa hosil qiladi.
Spiral aʼzoning tukli hujayralari spiral suyak plastinkasining asosida joylashgan chigʻanoq spiral tuguni (ganglion spirale cochleae) bipolyar hujayralarining periferik tolalari bilan sinapslar hosil qiladi. Spiral tugunni bipolyar neyronlarining markaziy tolalari esa dahlizchigʻanoq (YIII) asab tolasining chigʻanok qismi tolalaridir. Dahlizchigʻanoq asab tolasi ichki eshituv yoʻlidan oʻtib, koʻprik-miyacha burchagi sohasida koʻprikka kiradi. IV korinchaning tubida dahlizchigʻanoq asab tolasi 2 ga boʻlinadi: 1) dahliz (yuqori) va 2) chigʻanoq (pastki) tarmoqlari.
Chigʻanoq tarmogʻining tolalari uzunchoq miya rombsimon chuqurchasining tashqi burchagida joylashgan old va orqa chigʻanoq oʻzaklarining (nucleus cochlearis ventralis et dorsalis) hujayralariga etib boradi va shu joyda eshituv a ʼzosining I- neyroni tugaydi. Old va orqa chigʻanoq oʻzaklaridan boshlangan II neyron tolalarining kichik qismi oʻz tomonida, katta qismi – koʻprikning qarama-qarshi tomoniga oʻtib, yonbosh sirtmoq tarkibida oliva va trapetsiyasimon tanachaga etib boradi. Shu joyda eshituv aʼzosining II-neyroni tugaydi
Eshituv aʼzosining III- neyron tolalari tashqi sirtmoq tarkibida oʻrta miya tomi plastinkasining oʻzaklarida, yaʼni toʻrt tepalikning pastki tepachalari hamda ichki tizzasimon tanachada tugaydi. Bu joydan boshlangan IV – neyron tolalari qarama-qarshi tomondagi tolalar bilan yana bir bor qisman kesishib, bosh miyaning chakka boʻlagiga etib boradi va bosh miya poʻstlogʻida, asosan koʻndalang chakka egatlarda (Geshle egatlari) joylashgan eshituv aʼzosi zonasida tugaydi. Demak, har bir chigʻanoq bosh miya bilan ikki tomonlama aloqa hosil qiladi.