Surunkali tonzillit – tanglay murtaklarining davomli surunkali yalligʻlanishi bilan namoyon boʻlgan umumiy infeksion-allergik kasallik. Limfadenoid halqum halqasi murtaklari orasida tanglay murtaklari eng koʻp yalligʻlanadi, shu sababli ”surunkali tonzillit” atamasi aynan shu murtaklarning surunkali yalligʻlanishiga tegishli. Tanglay murtaklarining patologiyasi terapevtlar, pediatrlar, infeksionist va revmatologlarni qiziqtirib kelgan dolzarb muammolardan biri. Surunkali tonzillit qon tomir va kollagenoz kasalliklarning rivojlanishiga va kechimiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Surunkali tonzillit keng tarqalgan kasalliklar guruhiga kirib, Respublikamizda aholining 16% da qayd etilgan (S.A.Hasanov va boshq.,2009). Surunkali tonzillit nospetsifik va spetsifik shakllarga boʻlinadi. Surunkali spesifik tonzillit zaxm, sil va skleroma kasalliklarida uchraydi.
Etiologiyasi va patogenezi. Murtaklarning surunkali yalligʻlanishi va organizmdagi tonzillogen jarayonni makro- va mikroorganizmning bir-biriga taʼsiri natijasida rivojlanadi. Tekshiruvlarda tanglay murtaklarining yuzasi va lakunalarida 30 dan ortiq mikroblar turi mavjudligi aniqlangan. Lakunalar ichida koʻpincha monoflora, murtakning tomoq yuzasida – poliflora, koʻpincha A guruhiga mansub betta-gemolitik streptokokk, stafilokokk va adenoviruslar aniqlanadi. Shuni taʼkidlash joizki, organizmda himoya – moslashish mexanizmining buzilishi natijasida yuqori nafas yoʻllarining nopatogen saprofit florasi faollashib, surunkali tonzillitning rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun surunkali tonzillitni autoinfeksiya kasalliklariga kiritish mumkin.
Surunkali tonzillitning patogenezida koʻpgina omillar muhim rol oʻynaydi. Koʻpincha u qaytalangan anginalardan soʻng rivojlanadi, chunki ayrim sabablar tufayli oʻtkir yalligʻlanish jarayoni sogʻayish bilan tugamasdan surunkali jarayonga aylanadi.
Tanglay murtaklarining anatomo-topografik va gistologik xususiyatlari, lakunalar mikroflorasining koʻpayishiga qulay sharoit yaratib, surunkali tonzillitning rivojlanishiga yordam beradi. Kriptalar, yaʼni murtak tirqishlarining yorigʻi doimo koʻchgan epiteliy hujayralari, limfotsitlar, turli mikroflora va ovqat parchalari bilan toʻlganligi tufayli torayib yoki butunlay yopilib qoladi, shunda ularning chiqarish faoliyati buziladi. Lakunalar teshiklarining bir qismi uchburchak Gis burmasi bilan qisman yopilgan boʻlsa, ayrimlari toraygan yoki oʻtkir yalligʻlanishdan soʻng hosil boʻlgan chandiqli toʻqima bilan yopilib, kriptalarda surunkali yalligʻlanishni rivojlanishiga olib keladi.
Murtakning “soxta kapsulasi” va trabekulalarida surunkali yalligʻlanish taʼsirida morfogistologik va sklerotik oʻzgarishlar yuzaga keladi. Koʻpincha burun va burun yondosh boʻshliqlari kasalliklarida infeksiya yuqori nafas yoʻllarining pastki boʻlimlariga tarqalishi va surunkali tonzillitning rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Burundan nafas olish qiyinlashib, ogʻzi orqali nafas olgan bemorda murtaklar issiq yoki sovuq havo taʼsiriga duch keladi, natijada ularning shilliq pardasi quriydi.
Murtaklar inson organizmida umumiy va mahalliy immun reaksiyalami taʼminlashda ishtirok etadi. Murtak toʻqimasi, lakuna atrofi asab tolalari va epiteliy osti xemoretseptorlariga uzoq vaqt davomida turli taʼsir koʻrsatilganda organizmda mahalliy immunitet reaksiyalari paydo boʻladi. Bunday reaksiyalar gumoral va hujayra immuniteti orqali spetsifik (antitelolarning hosil boʻlishi) va nospetsifik omillar yordamida (epitelial toʻsiq, fagotsitoz, fermentlar) amalga oshiriladi. Antigen-antitelo birikmasi yuqori darajada xemotoksik faollikka ega boʻlib, u makrofagning proteolitik qobiliyatini oshiradi. Natijada murtak toʻqimasi parchalanib, toʻqima oqsillari oʻzgarib, ular autoantigenga aylanadi. Autoantigenlar qonga soʻrilib antitelolarni ishlab chiqarilishiga turtki boʻladi. Oʻz navbatida antitelolar hujayra atrofini oʻrab olib,uni jarohatlaydi. Shu tariqa zanjirli halqa yuzaga kelib, tanglay murtaklari sensibilizatsiya maydoniga aylanadi. Surunkali tonzillitni rivojlanishida organizmning immun holati muhim ahamiyatga ega.
Patomorfolosivasi. Surunkali tonzillitda rivojlangan patomorfologik oʻzgarishlar uning bosqichlariga bogʻliq boʻlib, Zak uni quyidagicha tasniflaydi:
Lakunar tonzillit – lakunalarda detrit va boʻtqasimon yiringli tiqmani toʻplanishi;
Parenxomatozli tonzillit – infeksiya oʻchogʻi bodomcha bezlarning parenximasida joylashib,
folikulalarda yiringli jarayonni yuzaga kelishi;
Paratonzillyar boʻshliq toʻqimalarida mikrohoʻppozlar hosil boʻlishi.
Lakunar va lakunar-parenxematozli tonzillitda lakunalar epiteliy qatlamining koʻchishi yoki moʻgʻizlanishi, yonma-yon joylashgan parenxima maydonining yalligʻlanishi, limfotsit va plazmatik hujayralar infiltratsiyasi, lakunalar yorigʻida suyuq yiringli ajralma toʻplanishi kuzatiladi. Ajralma asosan koʻchgan epiteliy, polimorfyadroli leykotsitlar, plazmatik hujayralar, zamburugʻlar va ovqat parchalaridan iborat. Surunkali parenximatozli tonzillit surunkali faol alteratsiya, parenximada yalligʻlanish tufayli infiltratlar, keyinchalik mikrohoʻppozlar hosil boʻlishi bilan ifodalanadi. Surunkali parenximatozli sklerotik tonzillitda biriktiruvchi toʻqimani oʻsishi yoki dagʻallashishi kuzatiladi. Qon tomirlar atrof toʻqimasining infiltratsiyasida qon tomirlar torayib, tonusi pasayadi va devorlarining oʻtkazuvchanligi oshadi. Limfa tomirlar ham qisman obliteratsiyaga uchraydi, natijada limfaning chiqarilishi qiyinlashib, mahalliy limfa tugunlarda turgʻunlik va yalligʻlanish jarayoni rivojlanadi.
Patologik jarayon murtakning asab tizimiga ham tarqalib, bunda murtakning retseptor faoliyati va reflektor aloqalarini taʼminlovchi afferent yoʻllar zararlanadi. Asab elementlarining patologik oʻzgarishlari xilma-xil boʻlib, qayta tiklanish xususiyatiga ega. Murtakdagi oʻzgarishlar uning fiziologik faoliyatlarining buzilishiga va patologik impulslarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Patologik impulslar, oʻz navbatida, qator aʼzolar faoliyatining buzilishiga yoki organizm himoya kuchini pasayishiga, xususan uni autosensibilizatsiyasiga olib keladi. Murtak asab tolalarining buzilishi limfadenoid toʻqima trofikasiga taʼsir koʻrsatib, natijada funksional va morfologik oʻzgarishlar yanada chuqurlashib, jarayon toksiko-allergik bosqichiga oʻtadi.
Murtak asab elementlaridagi ayrim oʻzgarishlar (asab tolasi varikozi, retseptorlar uchi sharsimonligi) organizmning kompensator-moslashuv reaksiyasi boʻlib, destruktiv oʻzgarishlarni bartaraf etilishiga yordam beradi.
Tashxis anamnez maʼlumotlari, bemor shikoyatlari, limfa tugunlari kattalashishi, ogʻrishi, faringoskapiya, allergologik, immunologik, bakteriologik va boshqa tekshiruvlar asosida qoʻyiladi.
Surunkali tonzillit tashxisini kasallik xuruji paytida (anginada) qoʻyish tavsiya etilmaydi, chunki bemor shikoyatlari va faringoskopiya manzarasi jarayonning surunkali kechimini emas, balki uning oʻtkir bosqichini aks ettiradi.
Anamnez maʼlumotlarida tez-tez takrorlanib turgan anginalar haqida maʼlumotni mavjudligi surunkali tonzillit tashxisini ishonchli belgisi hisoblanadi. Odatda surunkali tonzillit bir yilda 2-3-marta, baʼzan 5-6-marta avj olib turadi, ammo bir yilda 1-marta kuzatilgan anginani ham B.S. Preobrajenskiy fikricha tez-tez takrorlanuvchi angina sifatida baholash lozim. 4% hollarda surunkali tonzillitning anginasiz shakli uchrab, unda faringoskopiyada surunkali jarayonning manzarasi keskin rivojlangan boʻlsada, bemor anamnezida angina haqida maʼlumotlar boʻlmaydi. Baʼzan surunkali tonzillit tashxisini qoʻyish uchun anamnez maʼlumotlarida anginalarni qayd etilishi va ogʻizdan yoqimsiz hid kelishi kifoya boʻladi.
Faringoskopiyada surunkali tonzillitga xos quyidagi belgilar aniqlanadi:
tanglay murtaklari tanglay-til va tanglay-halqum ravoqchalariga yopishib,chandiqlangani;
tanglay-til (old) ravoqchalar chetining turgʻun qizarishi (Gize belgisi);
tanglay ravoqchalari yuqori boʻlimlari chetining shishi (Zak belgisi);
tanglay-til (old) ravoqchalar chetining infiltratsiyasi va qizarishi (Preobrajenskiy belgisi);
murtak lakunalarida suyuq kazeozli yoki tiqma shaklida badboʻy yiring borligi,bodomcha bezlar ustki qismining shakli buzilganligi
Lakunalar ajralmasini koʻrish maqsadida murtak oldi ravoqchasining asosi bosiladi. Buning uchun tekshiruvchi bitta shpatel bilan bemor tilini pastga bosib, ikkinchisi bilan tanglay-til ravoqchasini tanglay murtagi halqum yon devoriga birikkan sohasida ehtiyotkorlik bilan bosadi. Laku – nalarda hidi yoqimsiz tiqmani yoki yiringli ajralmani borligi surunkali tonzillitning ishonchli belgilaridan biri hisoblanadi.
Murtakning katta-kichikligi surunkali tonzillit tashxisida ahamiyatga ega emas. Shunga qaramasdan, murtak giperplaziyasi surunkali tonzillitni rivojlanishiga yordam beradi. Noaniq hollarda lakuna va murtaklardan surtma olinadi. Tekshiruvda patogen flora, leykositlarning fagositar faolligi pasayganligi, ularing turli degenerativ shakllari paydo boʻlganligi, limfotsitlar soni kamayganligi aniqlanadi. Baʼzan murtak bezlari lakunalarini zondlash, diagnostik yuvish yoki soʻrib olingan patologik ajralma ham aniq tashxis qoʻyishga yordam beradi.
Laboratoriya tekshiruvlari ham surunkali tonzillit tashxisida muhim ahamiyatga ega boʻlib, qonda gipoxrom kamqonlik, neytrofilli leykotsitoz, monotsitopeniya, leykopeniya, ECHT oshishi, immunologik koʻrsatkichlarni oʻzgarishi (immunoglobulinlar soni, streptokokklarga qarshi antitelolar titri, komplement va properdin miqdorini kamayishi) aniqlanadi. Surunkali tonzillitning toksik-allergik shaklida bemorning immun holati buziladi; T va B limfotsitlarning miqdori oʻzgaradi, qonda immun komplekslar paydo boʻlib, granulotsitli sensibilizatsiya kuzatiladi.
Surunkali tonzillitlarni klinik koʻrinishini izohlashda Reminnaya va Romadonovskiylarning eksperimental ilmiy ishlari eʼtiborga loyiq. Ular itning tanglay murtaklariga qora tush boʻyogʻini yuborib, sakkiz soatdan soʻng uni oʻldirib, boʻyoq itning qaysi aʼzolariga tarqalganligini tekshirdilar. Tush boʻyogʻi burun boʻshligʻida chuqur joylashgan limfa yoʻllariga, kallaning orqa chuqurchasiga, hiqildoq va traxeyaning shilliq pardalari ostiga, qalqonsimon bez parenximasiga, boʻyin qon tomir – asab toʻplami orqali koʻks oraligʻiga oʻtib, traxeya va bronxlar atrofi limfa tugunlariga hamda yurak atrofidagi limfa tomirlariga tarqalganligini aniqladilar. Ushbu tajribada patologik jarayon limfa yoʻllar orqali qaysi maydonga tarqalganligini va qanday oʻzgarishlar sodir boʻlganligini koʻrsatadi.
Bundan tashqari yalligʻlangan tanglay murtak bezlaridan zaharli moddalar qonga soʻrilib, asab tizimi, endokrin bezlar va boshqa ichki aʼzolar faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Demak, kasallikning har bir belgisi organizmning umumiy ahvolini aks ettiradi.
Shunday qilib, surunkali tonzillit tashxisini aniqlashda alohida bir belgiga emas, balki mahalliy va umumiy belgilarning yigʻindisiga, anamnez maʼlumotlariga, obyektiv, biokimyoviy, bakteriologik, immunologik tekshiruvlar natijalariga asoslanish lozim. Tonzillogen oʻzgarishlarni birlamchi revmokardit kasalligidan farqlash uchun bemorda EKG, FKG tekshiruvlari, qonda biokimyoviy va nospetsefik reaksiyalar oʻtkaziladi.
Surunkali tonzillit bilan bogʻliq kasalliklar metatonzillyar kasalliklar deb ataladi. Koʻpincha surunkali tonzillit bilan birga kechgan yoki uning taʼsirida rivojlangan belgilar yigʻindisi “tonzil-lokardial”, “tonzillotserebral”, “tonzillorenal” sindrom deb ataladi. Metatonzillyar kasalliklarga kollagen (revmatizm, tugunli periartrit, sklerodermiya, dermatomiozit), ayrim teri kasalliklari (psoriaz, ekzema, polimorf ekssudativ eritema), nefrit, tireotoksikoz, periferik asab tolalarning yalligʻlanishi (pleksit, radikulit) va boshqalar kiradi. Uzoq davom etgan tonzillogen zaharlanish trombotsitopeniya va gemorragik vaskulitning rivojlanishiga olib keladi (I.R.Eshnazarov,2002). Surunkali tonzillit quloq shangʻillashi, vazomotor rinit, qon-tomir distoniyasi va muvozanat buzilishlarning kechimini ogʻirlashtiradi.
B.S.Preobrajenskiyning (1970) va uning shogirdi V.T.Palchun (1974) tomonidan toʻldirilgan surunkali tonzillitning quyidagi tasnifi amaliyotda keng foydalaniladi (6-jadval).
Surunkali tonzillitning B.S.Preobrajenskiy – V.T.Palchun tasnifi
Oddiy shakli
Toksik-allergik shakli
I darajasi
II darajasi
Yoʻldosh kasalliklar
Yoʻldosh kasalliklar
Yoʻldosh kasalliklar Bogʻliq kasalliklar
Mahalliy belgilar va 96% bemorlar anamnezida qayd etilgan anginalar bilan namoyon boʻladi;
Mahalliy belgilar va anamnez maʼlumotlarida qayd etilgan anginalar va umumiy toksik-allergik jarayonning I darajasi belgilari bilan namoyon boʻladi;
Mahalliy belgilar, 96% bemorlar anamnez maʼlumotlarida qayd etilgan anginalar va keskin rivojlangan toksik-allergik jarayonning II darajasi belgilari bilan namoyon boʻladi;
Mahalliy belgilar
*Lakunalarda suyuq yoki kazeoz yiringli tiqmalar; epiteliy ostida joylashgan yiringli follikulalar, murtaklar yuzi gʻadir-budirligi; *Gize belgisi – old (tanglay-til ravoqchalar chetining turgʻun qizarishi;
*Zak belgisitanglay ravoqchalari yuqori boʻlimlari chetning shishi;
*Preobrajenskiy belgisitanglaytil (old) ravoqchalar chetining infiltrasiyasi va qizarishi; *Murtaklarning ravoqchalari va uchburchak burma bilan birikishi; *Ayrim mahalliy limfa tugunlar kattalashganligi;
Toksik-allergik belgilar
*Subfebril harorat (vaqti-vaqti bilan) *Tonzillogen zaharlanish: vaqti -vaqti bilan yoki uzluksiz;holsizlik,tez char- chash mehnat qobiliyatini pasayishi, oʻzini noxush his etish;
*Boʻgʻimlami vaqti-vaqti bilan ogʻ- rishi.
*Boʻyin limfadeniti *Yurak faoliyatining funksional bu- zilishlari surunkali tonzillitning xuru- jida kuzatilib, obyektiv tekshiruvda (EKG) esa aniqlanmaydi; *Laboratoriya tekshiruvi natijalarida oʻzgarishlarning ( qon va immunolo- gik koʻrsatkichlar) oʻzgaruvchanligi; – Yoʻldosh kasalliklar oddiy shakli- dagiday;
Toksik-allergik belgilar
*Subfebril harorat (uzluksiz) yoki vaqti-vaqti bilan;
*EKGda qayd etilgan yurak fao- liyatining funksional buzilishi; *Angina vaqtida hamda surun- kali tonzillitning remissiya davrida yurak sohasining ogʻrishi;
* Yurak urishi, yurak ritmini buzi- lishi;
*Klinik, funksional va laboratoriya tekshiruvida aniqlangan buyrak, yurak, qon tomir tizimi, boʻgʻimlar, jigar hamda boshqa aʼzo va tizim- larning oʻtkir yoki surunkali funk- sional buzilishlari;
Yoʻldosh kasalliklar oddiy tonzillit shaklidagiday. Bogʻliq kasalliklar
*Paypaslaganda mahalliy limfa tugunlarni ogʻrishi;
*Ogʻizdan noxush hid kelishi.
- Paypaslaganda mahalliy limfa tu- gunlar kattalashgan va ogʻriqli boTishi;
-ogʻizdan yoqimsiz hid kelishi.
aniqlanganda doimo toksiko-aller- gik shaklning II darajasi tashxisi kuyiladi
Bogʻliq kasalliklar va surunkali tonzillit umumiy etiologic va pato- genetik omillarga ega.
Yoʻldosh kasalliklar
Mahalliy oʻxshash kasalliklar:
Umumiy bogʻliq kasalliklar:
Surunkali tonzillit bilan etiologik va patogenetik asosga ega emas; patogenetik bogʻliqlik umumiy va mahalliy reaktiv jarayon orqali taʼminlanadi.
*Paratonzillyar hoʻppoz;
Parafaringit
Faringit
*Oʻtkir va surunkali tonzillogen sepsis;
*Revmatizm, yurak, endokrin, siy- dik chiqarish tizimi, boʻgʻimlar va boshqa aʼzo va tizimlarning orttiril- gan infeksion-allergik kasalliklari.
Davolash. Konservativ davolash tadbirlari quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
1.Organizmning tabiiy himoya kuchini oshirish – kun tartibiga rioya qilish, C, B vitaminlarga boy taomlami isteʼmol qilish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, davolashda qon zardobini, gamma-globulinni, temirga boy dori vositalarini qoʻllash;
Giposensibilizatsiya choralari – kalsiy xlorid yoki kalsiy glyukonat, askorbin kislota, antigistamin dori vositalari, kortikosteroidlar, vaktsinalar, allergiyaga qarshi maxsus dorilarni qoʻllash;
Immunitetni tiklash – autoseroterapiya, immunostimulyatorlarni (levamizol, T-aktivin, prodigiozan, timolin, autoimmun zardob va h.k.) va immunitetni faollashtirish vositalarini (geliy-neon lazer nurlari, IRS-19, imudon) qoʻllash; Imudon bir kunda 2 tabletkadan 3 mahal 20 kun davomida, kasallik avj olgan davrida 2 tabletkadan 4 mahal 10 kun davomida ovqatdan keyin ogʻizga solib soʻrish tavsiya etiladi. Tonzilgon draje yoki eritma shaklida kattalarga 2 draje yoki 25 tomchidan, maktab yoshidagi bolalarga 1 draje yoki 15 tomchidan, maktab yoshigacha bolalarga – 10 tomchidan, bir yoshgacha bolalarga – 5 tomchidan kuniga 5-6 mahal ichish tavsiya etiladi.
Tanglay murtaklari va mahalliy limfa tugunlarni sogʻlomlashtirish: lakunalarni yuvish, UBN, ultratovush, interferon, gidrokortizon bilan fonoforez, elektromagnit maydon, UVCH, SVCH, elektroforez, tibbiy loy bilan davolash; tibbiy zulukdan foydalanish, limfotrop terapiya. Mahalliy davolash tadbirlaridan surunkali tonzillitda murtak lakunalarini N.V.Belogolovov usulida yuvish muolajasi 10-20 ml li shprits va ingichka naycha yordamida turli antiseptik eritmalardan (0,25% formalin, YOKS, yodinol, xlorofillipt) foydalanilgan holda bajariladi. Murtak lakunalari har kuni bir mahal, jami 7-10 kun davomida yuvish tavsiya qilinadi (139-rasm).
Reflektor taʼsir etuvchi vositalar: novokain blokadasi, refleksoterapty^.
Bundan tashqari, bemorga vitaminlar, aloe, FIBS, fitin, temir laktat, stafilokokka qarshi zardob yoki gamma globulin buyuriladi.
Konservativ davolash tadbirlarini yiliga 2-marta ( bahor va kuzda) taktakrorlash maqsadga muvofiq. Mujassamlashgan konservativ davolash 90-95% gacha hollarda yaxshi samara beradi. Bemorni va uning oila aʼzolarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, dispanser nazorati ostiga olish va sogʻlomlashtirish ushbu koʻrsatkichni yanada oshiradi. Bolalarda koʻpincha surunkali tonzillitni rivojlanishi surunkali sinusitlar va adenoidlar bilan bogʻliq boʻlganligi uchun 80 % hollarda adenotomiya jarrohlik amalidan soʻng surunkali tonzillit qaytalanmaydi.
Konservativ davolashning samarasi koʻp jihatdan murtak toʻqimasi faoliyatiga va jarohatlangan asab tolalarining tiklanishiga bogʻliq. Davolash tadbirlari murtak asab elementlarida kompensator moslashuv jarayonlarini qayta tiklanishini faollashtiradi, sovuqga nisbatan allergik reaksiyani pasaytiradi. Burun va burun yondosh boʻshliqlarining kasalliklarini oʻz vaqtida samarali davolash surunkali tonzillitni davolashda asosiy mezon hisoblanadi.
Surunkali tonzillitni oldini olish uchun umumiy gigiyenik va sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkaziladi. Umumiy gigiyenik tadbirlarga badanni chiniqtirish, toʻgʻri ovqatlanish, mehnat va uy-joy gigiyenasiga rioya qilish, kasb bilan bogʻliq boʻlgan bakterial ifloslanishlarni bartaraf etish, havoni zaharli gaz va changdan tozalash, sanitariya-oqartuv ishlari kiradi. Sogʻlomlashtirish tadbirlari vrach tomonidan amalga oshirilib, profilaktik koʻriklarda tish va milk kasalliklari, yiringli sinusit va oʻrta otit bilan ogʻrigan hamda burun orqali nafas olishi qiyinlashgan bemorlarni aniqlash, dispanser nazorati ostiga olish va davolashdan iborat.
Oxirgi yillarda surunkali tonzillitni davolashda immunomodulyator va kuchlanishi past lazer nurlarini qoʻllash yaxshi natija bermoqda. Bunda koʻproq geliy-neon lazerining qizil nuri qoʻllaniladi. Nurlar burun boʻshligʻi shilliq pardasiga, halqumning orqa devoriga va tanglay murtaklariga taʼsir ettiriladi (yorugʻlik kuchi 2,65 mVt/sm , taʼsir vaqti 2-8 daqiqa). Muolaja 5-7 kun davomida bir yilda 2-marta oʻtkaziladi. Bundan tashqari bemorga tonzilgon, T-aktivin, metiluratsil beriladi, halqum sohasiga 10 kun davomida IRS-19 purkaladi.
Surunkali tonzillitni oldini olishda dispanser nazorati muhim ahamiyatga ega. Bunda pediatr, terapevt, otorinolaringolog va stomatolog ishtirok etadi. Surunkali tonzillit bilan ogʻrigan bemor otorinolaringolog tomonidan dispanser nazorati ostiga olinib, bir yilda ikki marta, kasallikni qaytalanishi kamaygan hollarda – bir yilda bir marta koʻrikdan oʻtkaziladi. Konservativ davolash tadbirlari ijobiy natija berib, anginaning qaytalanishi kamayganda bemor 3 yildan soʻng, tonzillektomiya jarrohlik amali bajarilganda – 6 oydan soʻng dispanser nazoratidan chiqariladi.