1. Tekshiruvchi shpatelni chap qoʻliga olib, bosh barmogʻini shpatelning pastiga, II va III bar- moqlarini uning ustida qoʻyib, oʻng qoʻlini bemorning boshiga qoʻyadi.
2. Bemordan ogʻzini ochishini soʻrab, shpatel yordamida navbatma-navbat ogʻizning oʻng va chap lunjlarini va ogʻiz dahlizini koʻzdan kechiradi: ogʻiz boʻshligʻining shilliq pardasi, quloq oldi soʻlak bezlarining chiqish teshiklarini koʻzdan kechiradi. Bundan tashqari, tishlarni, milklarni, qat- tiq tanglayni, tilni, til osti va pastki jagʻ osti soʻlak bezlarining chiqish yoʻllarini hamda ogʻiz boʻshligʻining tubini koʻzdan kechiradi. Ogʻiz boʻshligʻining tubini koʻzdan kechirish uchun be- mordan til uchini yuqoriga koʻtarishini soʻraydi yoki uni shpatel yordamida koʻtaradi. Ogʻiz boʻsh- ligʻining tubida til osti va pastki jagʻ osti bezlarining chiqish yoʻllari joylashgan.
3. Tekshiruvchi shpatelning uchi yordamida tilning oldingi 2/3 qismini pastga asta bosadi va bunda shpatelning uchi bilan til negiziga tegmaslikga harakat qilinadi, aks holda bemorda qusish refleksi paydo boʻladi. Yumshoq tanglayning harakatchanligini aniqlash uchun tekshiruvchi be- mordan “a-a-a-a” tovushini chiqarishni soʻraydi. Meʼyorda yumshoq tanglay harakatchan boʻladi.
4. Yumshoq tanglayning shilliq pardasi, tilcha, old (tanglay-til) va orqa (tanglay-halqum) tanglay ravoqchalari va tanglay murtaklarini koʻzdan kechirish. Meʼyorda shilliq parda silliq va nimpushti rangda boʻlib, ravoqchalar yaqqol koʻzga tashlanib turadi (122-rasm).
Tanglay murtaklarining hajmi aniqlanadi, buning uchun tanglay mur- tagi hamda tilcha oʻrtasidan xayolan oʻtkazilgan chiziq orasidagi maso- fa uch qismga boʻlinadi. Murtaklar shu masofaning 1/3 qismigacha kat- talashganda tanglay murtaklari gipertrofiyasining I darajasi, 2/3 qismi- gacha kattalashsa – II va halqumning oʻrta chizigʻigacha kattalashganda – III darajasi deb baholanadi.
5. Murtaklar shilliq pardasini koʻzdan kechirish. Meʼyorda u nimpushti rangda, yuzasi silliq va nam, lakunalarining ogʻzi yopiq boʻladi.
6. Murtak lakunalarining ajralmasini aniqlash uchun tekshiruvchi ikki qoʻliga ikkita shpatelni olib, biri bilan bemorning tilini pastga bosib, ik- kinchisi bilan old ravoqcha asosi orqali murtakning yuqori qutbini bosa- di. Oʻng tomondagi murtak oʻng qoʻlga olingan shpatel, chap tomondagi murtak chap qoʻlga olingan shpatel yordamida bosiladi. Meʼyorda laku-
nalarda ajralma boʻlmaydi yoki biroz yiringsiz epitelial tiqma boʻladi.
7. Halqum orqa devorining shilliq pardasini koʻzdan kechirish. Meʼyorda u nimpushti rangda, nam va tekis boʻladi, yuzasida kam miqdorda oʻlchami 1 mm gacha boʻlgan limfoid toʻqimaning kichik toʻplamchalari (limfoid donachalar) koʻrinadi.
Epifaringoskopiya (orqa rinoskopiya).
8. Halqum gumbazini koʻzdan kechirish uchun tekshiruvchi burunhalqum koʻzgusini dastasiga oʻrnatib, keyin koʻzguni 2-3 soniyaga issiq (40-450C) suvga botirib yoki cpirt alangasi ustida ushlab isitadi. Oʻng qoʻliga koʻzgu dastasini olib, koʻzgu yuzini toza salfetka bilan quritib, chap qoʻl kaftining orqa yuzi yoki I barmogʻi bilan koʻzgu isiganligini tekshirib koʻradi.
9. Chap qoʻlga shpatelni olib, uni oʻng burchakdan bemor ogʻziga kiritadi va shpatelning uchi bilan tilning old 2/3 qismini asta bosib, bemordan burun orqali nafas olishni soʻraydi.
10. Burunhalqum koʻzgusini qalamni ushlaganday oʻng qoʻli bilan ushlab, tekshiruvchi uni til negizi va halqum orqa devoriga tekkizmasdan bemorning ogʻziga, keyin yumshoq tanglayning orqasiga kiritadi, bunda koʻzguning sathi 450 ga yuqoriga qaratilgan boʻlishi lozim.
11. Peshona reflektoridan yoragdikni koʻzguga yoʻnaltirib, halqum gumbazi, xoanalar, halqumning yon devorlari va eshituv nayining teshiklarini (ular pastki burun chigʻanogʻining orqa uchi sathida joylashgan) koʻzdan kechiradi. Meʼyorda halqum gumbazi va xoanalar erkin, halqum yuqori boʻlimlarining shilliq pardasi nimpushti rangda va silliq boʻladi. Halqum murtagi burunhalqum gum-bazining orqa-yuqori devorida joylashib,dimogʻ suyagi va xoanalarning yuqori uchiga tegmaydi (123,124- rasmlar).
Gipofaringoskopiya (bilvosita laringoskopiya) hiqildoq koʻzgusi yordamida bajariladi.
12. Hiqildoq koʻzgusi dastasiga oʻrnatilgandan soʻng issiq suvda (400-450C) yoki spirt alangasi ustida 2-3 soniya davomida isitiladi, salfetka bilan quritiladi. Tekshiruvchi koʻzguni kaftining orqa yuzasiga tegizib,uni isiganligini tekshirib koʻradi.
13. Keyin u bemordan ogʻzini ochib, tilni chiqarishni va ogʻiz orqali nafas olishni soʻraydi.
14. Tekshiruvchi chap qoʻli bilan bemor tilining uchini doka sochiqcha bilan ushlab (bunda u bosh barmogʻini tilning yuqori yuzasiga, III barmogʻini – uning pastki yuzisiga, II barmogʻini – yuqori labning ustiga qoʻyadi), bemor tilini oʻziga va pastga biroz tortadi. Bu harakatni bemorni oʻzi ham bajarishi mumkin.
15. Hiqildoq koʻzgusining dastasini oʻng qoʻli bilan qalamni ushlaganday ushlab, tekshiruvchi uni ogʻiz boʻshligʻiga yumshoq tanglaygacha kiritadi (bunda koʻzguning sathi pastga qaratilgan va tilning yuziga parallel turishi lozim). Koʻzguni kiritish paytida til negizi va halqumning orqa devoriga tegmaslikka harakat qilinadi. Yumshoq tanglayga etgandan soʻng koʻzguning sathi halqum oʻqiga nisbatan 450 burchakda oʻrnatiladi; peshona reflektorining yorugʻligi koʻzguga tushishi uchun yumshoq tanglay yuqoriga va orqaga biroz koʻtariladi. Keyin bemorga choʻzib “ i-i ” tovushini chiqarish, soʻng chuqur nafas olish buyuriladi. Ovoz chiqarish va nafas olish paytida hiqildoqning ichki yuzasi koʻrinadi
16. Tekshiruvchi koʻzguni halqumdan chiqarib oladi va dastasidan ajratib, uni zararsizlantiruvchi eritmaga solib qoʻyadi.