Ta'rifi: Nog‘ora pardaning ayrim qismlari (ayniqsa orqa) boshqa qismlaridan ko‘ra yuqaroq ko‘rinadi va yumshoq tolalar hamda qalinlashgan sohalarni aniqlash mumkin.
Muallif: Bannut T.M. - sovet otorinolaringologi., 1969-yil (c).
Ta'rifi: Eshituv analizatori ma'lim kuchlanish (45 db dan kam bo‘lmagan) bilan qo‘zga'tilganda qovoqlar yumilib ochiladi.
Muallif: Bexterev Vladimir Mixaylovich. - sovet nevropatologi va psixiatri. (c).
Ta'rifi: Bemor yutinish harakatini ogʻzini va burnini yopgan holda bajaradi. Meʼyorda bemor quloqlarida turtkini his etadi, vrach esa oʻtayotgan havo oqimining yengil shovqinini eshitadi
Muallif: Toynbi
Ta'rifi: Bemor chuqur nafas olib, soʻng ogʻzi va burnini yopgan holda biroz kuchanib nafas chiqaradi. Meʼyorda havo bosimi taʼsirida eshituv nayining ogʻzi ochilib, nogʻora boʻshligʻiga havo kirishi bilan vrach otoskop orqali oʻziga xos shovqin eshitadi. Nog‘ora parda perforatsiyasida "puflovchi" shovqin yon-atrofdagilarga ham aniq eshitiladi. Eshituv nayi oʻtkazuvchanligi buzilganda Valsalva sinamasini bajarib boʻlmaydi.
Muallif: Valsalva
Ta'rifi: Vrach Politser ballonining olivali uchini bemor burnining oʻng dahliziga kiritib, uni chap qoʻlining II barmogʻi bilan ushlab, I barmogʻi bilan burunning chap qanotini burun toʻsigʻiga bosadi. Keyin otoskopning bir uchini bemor qulogʻiga, ikkinchisini oʻz qulogʻiga oʻrnatib, bemorga “kuku” yoki “paroxod" soʻzlarini aytish buyuradi. Bemor unli tovush chiqargan paytda vrach oʻng qoʻli bilan rezina ballonchani keskin qisib, burun boʻshligʻining bosimini oshirish maqsadida unga havo yuboradi. Unli tovush chiqarilganda yumshoq tanglay orqaga va tepaga koʻtarilib, burunhalqumni ogʻizhalqumdan ajratadi, shunda havo oqimi burunhalqumning yopiq boʻshligʻiga kirib, uning barcha devorlarini bir tekisda bosadi; havoning bir qismi kuchli bosim bilan eshituv nayining teshigiga kirca, shundagina otoskop orqali oʻziga xos shovqin eshitiladi. Keyin xuddi shu tariqa chap burun dahlizi orqali chap eshituv nayi Politser usulida tekshiriladi.
Muallif: Politser
Ta'rifi: Tekshiruvchi jaranglab turgan C 128 kamerton oyoqchasini bemorning soʻrgʻichsimon oʻsigʻi sohasiga vertikaloʻmatadi (25-rasm). Bemor kamerton tebranishini his etmay qolgan paytda tekshiruvchi kamertonni qayta tebratmasdan uning tashqi eshituv yoʻli sohasiga koʻchiradi. Agar bemor havo orqali kamerton tebranishini eshitishni davom etsa, unda tajriba natijasi “R+“ (Rinne musbat), kamerton tebranishini tashqi eshituv yoʻli orqali eshitmasa, unda “R-“ (Rinne manfiy) deb baholanadi. Meʼyorda Rinne tajribasi (R+ musbat) boʻlib, havo oʻtkazuvchanligi suyak oʻtkazuvchanligidan 2-marta koʻp boʻladi. Rinne manfiy hollarda buning aksi qayd etiladi va bu tovushni oʻtkazish tizimi zararlanganidan darak beradi (konduktivpast eshitishlik).
Tovushni qabul qilish tizimi zararlanganda (sensonevral past eshitishlik) havo oʻtkazuvchanligi odatda suyak oʻtkazuvchanligidan koʻproq boʻlib,tajriba (R+) deb baholanadi,ammo bu ham havo va ham suyak oʻtkazuvanligining vaqti qisqaradi. Bunday holat “kichik” Rinne deb yuritiladi.
Muallif: Rinne
Ta'rifi: Jaranglab turgan kamerton oyoqchasi bemor boshining tepasiga oʻrnatiladi va bir vaqtning oʻzida pnevmatik balloncha yordamida tashqi eshituv yoʻlining havo bosimi oshiriladi. Uzangining harakati saqlangan sogʻlom quloqda bosim paytida uzangi dahliz darchasiga botadi. Buning natijasida eshituv pasayadi va tekshiruv natijasi – “G +” ( Jelle musbat ) deb baholanadi. Uzangicha harakatsiz boʻlgan hollarda bemor tashqi eshituv yoʻlining havo bosimi oshirilganda eshituvida hech qanday oʻzgarishni sezmasa, yaʼni uning eshitishi oʻzgarmasa, u holda natija “G -“ (Jelle manfiy) deb baholanadi. Tovushni qabul qilish tizimi zararlanganda ham uning natijasi “ G + ” boʻladi.
Muallif: Jelle
Ta'rifi: C128 yoki C512 kamertonlar yordamida bajariladi. Jaranglab turgan kamerton oyoqchasi dastlab soʻrgʻichsimon oʻsiq sohasiga oʻrnatiladi, keyin quloq doʻmboqchasiga koʻchiriladi. Meʼyorda va tovushni qabul qilish tizimi zararlanganda quloq doʻmboqchasi sohasida tovushni eshitish vaqti davomliroq boʻladi va tekshiruv natijasi “F +” (Federichi musbat) deb baholanadi. Tovushni oʻtkazish tizimi zararlanganda natija “F-“ (Federichi manfiy) boʻladi.
Muallif: Federichi
Ta'rifi: Tekshiruvchi jaranglab turgan C128 kamerton oyoqchasini bemorning soʻrgʻichsimon oʻsigʻi sohasiga oʻrnatadi va bemor uning tovushini eshitmay qolguncha shu joyda ushlab turadi, keyin kamertonni qayta tebratmasdan oʻzining soʻrgʻichsimon oʻsigʻi sohasiga koʻchiradi. Agar tekshiruvchi kamerton tovushini eshitishni davom etsa, unda bemorda suyak oʻtkazuvchanligi zararlangan deb baholanadi. (Bunda tekshiruvchining quloq tizimi sogʻlom boʻlishi shart).
Muallif: Shvabax
Muallif: Bermulli