Labirint dahlizi
Labirint dahlizi
Labirint dahlizi chigʻanoqning oʻrta qismidagi boʻshliq boʻlib, uning ichida 2 ta choʻntak bor: sferik choʻntak (recessus sphericus) va elleptik choʻntak (recessus ellipticus). Chigʻanoqqa yaqin turgan birinchi yarim doira kanallarga tutashgan choʻntakda sferik (sacculus), ikkinchi choʻntakda – elliptik (utriculus) pardali qopchalar joylashgan. Pardali qopchalar endolimfatik yoʻl orqali oʻzaro bogʻlangan. Dahlizning old qismi dahliz narvoni orqali chigʻanoq bilan, orqa qismi – yarim doira kanallar bilan tutashadi