Quloq suprasi muzlashida quyidagi klinik darajalar tafovut qilinadi:
daraja – terining shishi va koʻkarishi;
daraja – pufakchalar hosil boʻlishi;
daraja – teri va teri osti yogʻ toʻqimasining nekrozi;
daraja – togʻay toʻqimasining nekrozi.
Tashxis anamnez maʼlumotlari, bemor shikoyatlari va klinik manzara asosida qoʻyiladi.
Davolash. Quloq suprasi muzlashida birinchi tibbiy yordam uni iliq (370C) suv bilan isitish, spirt bilan ishlov berishdan iborat. Quloq suprasi qoʻl yoki yumshoq mato bilan ishqalanadi. Teriga jarohat yetkazmaslik uchun quloqlarni qor yoki dagʻal mato bilan ishqalash man etiladi. Terida pufakchalar hosil boʻlganda jarohat maydoniga burushtiruvchi eritma yoki malxam surtiladi, pufakchalar aseptik sharoitda ochilib, ichidagi ekssudat chiqariladi. Keyin jarohat maydoniga antibiotik malhami bilan boylam qoʻyiladi.
Ogʻir hollarda nekrozga uchragan toʻqimalar olib tashlanib, jarohat maydoniga Vishnevskiy malhami, levomikolga shimdirilgan doka qiyiq qoʻyilib, bemorga antibiotiklar, fizioterapevtik muolajalar (UVCH, UBN ) buyuriladi.
Muzlashdan soʻng quloq suprasi terisining sovuq va issiq haroratga sezgirligi oshadi. Muzlashdan soʻnggi venalar trombozi yoki qon aylanishining buzilishi natijasida quloq suprasining rangi qizaradi yoki koʻkimtir tus oladi.