Burunhalqum (epipharynx, nasoharynx) halqum gumbazidan qattiq tanglay sathigacha joylashib, uning gumbazi yuqorida kalla suyagi, aniqrogʻi ensa suyagining asosiga va ponasimon suyakning old-pastki qismiga, orqa tomonda I va II boʻyin umurtqalariga tutashadi. Burunhalqum nafas olish faoliyatida qatnashadi. Uning old devorini xoanalar (choanae), yon devorlarini – pastki burun chigʻanoqlari orqa uchlarining sathida halqumni nogʻora boʻshligʻi bilan bogʻlab turuvchi eshituv nayining halqum teshiklari va ularning yuqori va orqasida nay murtaklari joylashgan
Eshituv nayi halqum teshiklarining orqasida, burunhalqumning yon devorlarida halqum choʻntagi – recessus pharyngeus (yoki Rozenmyuller choʻntagi) boʻlib, unda limfoid toʻqima toʻplami – nay murtaklari joylashgan.
Burunhalqumning yuqori-orqa devorlarida halqum yoki III – murtak joylashgan. Bu murtakning gipertrofiyasi (adenoidlar) xoanalarni qisman yoki toʻliq yopib, burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradi yoki eshituv nayining halqum teshiklarini yopib, uning faoliyatini buzadi.