II bosqich. Bemorni koʻzdan kechirish va paypaslab tekshirish
II bosqich. Bemorni koʻzdan kechirish va paypaslab tekshirish
Boʻyin va hiqildoq soxasini koʻzdan kechirish.
Hiqildoqning uzuksimon va qalqonsimon togʻaylarini paypaslash. Meʼyorda hiqildoq chap va oʻng tomonga siljitilganda ogʻriqsiz va harakatchan boʻladi.
Mahalliy limfa tugunlar: jagʻ osti, chuqur boʻyin, orqa boʻyin, hiqildoq oldi, traxeya oldi, traxeya atrofi, oʻmrov usti va oʻmrov osti limfa tugunlarini paypaslash. Meʼyorda limfa tugunlar paypaslanmaydi va ogʻriqsiz boʻladi.