V bosqich. Burunhalqumni barmoq bilan paypaslash.
V bosqich. Burunhalqumni barmoq bilan paypaslash.
1. Bemor kursiga oʻtiradi, tekshiruvchi uning orqasida oʻng tomonda tik turadi;
2. Tekshiruvchi chap qoʻlining bosh barmogʻi bilan bemor lunjini jagʻ tishlari orasiga bosib, oʻng qoʻlining ikkinchi barmogʻini burunhalqumga, yumshoq tanglayning orqasiga kiritib, xoanalarni paypaslaydi.
Yosh bolalarni tekshirish paytida tekshiruvchi koʻpincha bolaning pastki jagʻini chap qoʻl kafti orasida oladi va bosh barmogʻi bilan lunjini jagʻ tishlari orasiga kiritib, bolaning boshini maxkam ushlab, oʻng qoʻlning koʻrsatkich barmogʻi yordamida burunhalqumni paypaslaydi.