5-Mavzu: Aqidaparastlik, jaholatparastlik, xalqaro terrorizmga qarshi kurashni yanada kuchaytirish – shu kunning dolzarb muammosi


Reja:

1. Aqidaparastlik, jaholatparastlik va terrorizmning paydo boʻlishi.

2.Xalqaro terrorchilik tashkilotlari va oqimlarining Oʻzbekiston     Respublikasiga xurujlari – konstitutsiyaviy tuzumga tahdid


Tayanch tushunchalar: Aqida va uning turlari, aqidaparastlik, jaholat, jaholatparastlik, diniy fanatizm, fashizm, irqchilik, ekstremizm, diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan kurashish. 


Aqida va aqidaparastlik.


-Oddiy tushuncha, talab, harakat uchun qoʻllanma. aniq,t ugallangan va nihoyatda siqiq shaklda bayon etilgan tushuncha yoki fikrlar;

Har bir aqida mazmunini kontekstdan kelib chiqqan holda tushuntirish kerak;

-Falsafaning oʻz aqidalari bor, masalan, materializmda: materiyaning birlamchiligi.

-Meditsinadagi aqidalardan: rakni tuzatib boʻlmaydi, migren tuzalmaydi

-Siyosiy aqidalar:sovet xalkining bugungi avlodi kommunizmda yashaydi, turli siyosiy shiorlar, turli gʻoyalarning nomlari (slava KPSS).

-Xalq ommasi unga ergashgan taqdirda tushuncha aqidaga aylanadi. Aqida aqidaga ergashganlar tomonidan muhokama qilinmaydi va aksincha opponentlar tarafidan eʼtirozlarga uchrashi mumkin. 

-Aqidalar hamisha yangilik sifatida maydonga chiqadi, masalan, kommunizm, fashizm, neofashizm va hokazo, binobarin ularning paydo boʻlishi tarixiy zaruratdir. Vaqt oʻtib, faqat tarix ularning salbiy yoki ijobiy ekanligini tasdiqlaydi. 

-Siyosiy aqidalar doirasiga, masalan, turli siyosiy partiyalarning nomlarini kiritish mumkin. 

-Iqtisodiy aqidalarga quyidagilarni kiritish mumkin: bizda xususiy mulkchilikka oʻrin yoʻq, iqtisodiyot siyosatdan ustun boʻlmogʻi shart...

-Diniy aqidalar. Har qanday diniy tushuncha, ibora, hatto oddiygina oyat ham aqida darajasiga koʻtarilishi mumkin. Masalan, “Inna-l-muminina ixvatun (Barcha moʻminlar, darhaqiqat birodardirlar). 

-Qurʼoni Karim yetti aqidaga asoslangan: Allohning yagonaligi, farishtalar, kitoblar,paygʻambarlar haqiqatligiga iymon, Qiyomat kunning haqiqatligiga, paygʻambarimiz Alloh tomonidan ixtiyor etilgan elchi-rasul ekanligiga iymon, banda boshiga nima kelsa Allohdan deb bilish aqidalari. 

-Aqida koʻrsatgan yoʻldan koʻr-koʻrona, bahs-munozarasiz bormoqlik zarur. Iymon va eʼtiqod ramzi maʼnolarini ham beradi.

-Diniy aqidalarning kelib chiqishiga (kalom) raddiyalar janrida yozilgan turli mualliflarning risolalari sabab boʻlgan. Bu raddiyalar qarama-qarshi fikrda boʻlgan tarafning din masalalari boʻyicha bildirilgan mavqeʼlariga zid ravishda mufassal uslubda yozilgan risolalar shaklida maydonga chiqadi.

-Aynan ana shu paytlarda adabul munozara ilmi ham dunyoga keladi.

-Agarda raddiyalar munozaralar shaklida ifoda etilgan boʻlsa, aqidalar esa alohida olingan diniy-huquqiy mazhabning muayyan   masala boʻyicha bildirilgan aniq, tugallangan va nihoyatda siqiq shaklida bayon etilgan.

-Yaxshi aqidaga ergashish bu yaxshi, ijobiy aqidaparastlik boʻladi, lekin salbiy diniy aqidaga koʻr-koʻrona ergashish esa, salbiy maʼnodagi diniy aqidaparastlikka kiradi, masalan islomni ozod etish partiyasi aqidasining tub mohiyatini tushunib yetmasdan turib ergashish es, qator muammolarga, jumladan diniy ekstremizm, fundamentalizm, taassub, jaholatparastliklarga olib kelishi mumkin.

- Aqidaparastlik (masalan,mansabparastlik,shuhratparastlik)

jaholat, jaholatparastlik-zararli gʻoyalarning mohiyatini bilmay turib, ularga ergashish. Aqidalar oʻz maqsad va vazifalariga qarab ijobiy va salbiy boʻlishi mumkin, binobarin aqidaparastlik ham shundaydir. Aqidalar tarixiy, ilmiy, diniy, iqtisodiy, siyosiy, harbiy siyosiy, adabiy va hokazo koʻrinishlarga ega boʻlganlari sababli, tarixiy zarurat orqali maydonga keladi va qaysi maqsadlarga xizmat qilishiga qarab, yuqorida aytganimizdek, ijobiy va salbiy koʻrinishlarga ega boʻladi. Bu mavzuga ikkinchi kurs maʼruzasida batafsil toʻxtaladi.

Toki dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor ekan, jamiyatda ilgʻor gʻoyalar tugʻilaveradi. Buzgʻunchilik gʻoyalarining vujudga kelishiga esa vayronkor intilishlar sabab boʻladi. Shunday ekan, yaʼni doimo hushyor va ogoh boʻlib yashamoq hayotning asosiy zarurati boʻlib qolaveradilar (slava KPSS).

-Xalq ommasi unga ergashgan taqdirda tushuncha aqidaga aylanadi. Aqida aqidaga ergashganlar tomonidan muhokama qilinmaydi va aksincha opponentlar tarafidan eʼtirozlarga uchrashi mumkin. 

-Aqidalar hamisha yangilik sifatida maydonga chiqadi, masalan, kommunizm, fashizm, neofashizm va hokazo, binobarin ularning paydo boʻlishi tarixiy zaruratdir. Vaqt oʻtib, faqat tarix ularning salbiy yoki ijobiy ekanligini tasdiqlaydi. 

-Siyosiy aqidalar doirasiga, masalan, turli siyosiy partiyalarning nomlarini kiritish mumkin. 

-Iqtisodiy aqidalarga quyidagilarni kiritish mumkin: bizda xususiy mulkchilikka oʻrin yoʻq, iqtisodiyot siyosatdan ustun boʻlmogʻi shart...

-Diniy aqidalar. Har qanday diniy tushuncha, ibora, hatto oddiygina oyat ham aqida darajasiga koʻtarilishi mumkin. Masalan, “Inna-l-muminina ixvatun (Barcha moʻminlar, darhaqiqat birodardirlar). 

-Qurʼoni Karim yetti aqidaga asoslangan: Allohning yagonaligi, farishtalar, kitoblar ,paygʻambarlar haqiqatligiga iymon, Qiyomat kunning haqiqatligiga, paygʻambarimiz Alloh tomonidan ixtiyor etilgan elchi-rasul ekanligiga iymon, banda boshiga nima kelsa Allohdan deb bilish aqidalari. 

-Aqida koʻrsatgan yoʻldan koʻr-koʻrona, bahs-munozarasiz bormoqlik zarur. Iymon va eʼtiqod ramzi maʼnolarini ham beradi.

-Aqidalarning kelib chiqishiga (kalom) raddiyalar janrida yozilgan turli mualliflarning risolalari sabab boʻlgan. Bu raddiyalar qarama-qarshi fikrda boʻlgan tarafning din masalalari boʻyicha bildirilgan mavqeʼlariga zid ravishda mufassal uslubda yozilgan risolalar shaklida maydonga chiqadi.

-Aynan ana shu paytlarda adabul munozara ilmi ham dunyoga keladi.

-Agarda raddiyalar munozaralar shaklida ifoda etilgan boʻlsa, aqidalar esa alohida olingan diniy-huquqiy mazhabning muayyan   masala boʻyicha bildirilgan aniq, tugallangan va nihoyatda siqiq shaklida bayon etilgan.

-Yaxshi aqidaga ergashish bu yaxshi, ijobiy aqidaparastlik boʻladi, lekin salbiy diniy aqidaga koʻr-koʻrona ergashish esa, salbiy maʼnodagi diniy aqidaparastlikka kiradi, masalan islomni ozod etish partiyasi aqidasining tub mohiyatini tushunib yetmasdan turib ergashish esa, qator muammolarga, jumladan diniy ekstremizm, fundamentalizm, taassub, jaholatparastliklarga olib kelishi mumkin.

Aqidaparastlik bugungi kunda Afgʻoniston, Shimoliy Kavkaz va boshqa mintaqalarda vahhobiylik asosida kurash olib borayotgan oqimlar misol boʻla oladi.

Aqidaparast guruhlar oʻz gʻoyalari gʻayriinsoniy boʻlishiga qaramasdan oʻta johil va boshqalarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻladilar. Oʻzini shak – shuhbasiz haq deb bilish, haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik esa, zoʻravonlikni yuzaga keltiradi. Yaʼni aqidaparastlik ekstremizmning paydo boʻlishiga zamin yaratadi.

Jaholatparastlik turli koʻrinishlarda boʻlib, terrorchilikni ham oʻz ichiga oladi. Ekstremizm (  lot.extremus – oʻta) – ijtimoiy siyosiy xarakterdagi muammolarni xal etishda oʻta keskin chora –tadbirlar,fikr –qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyot.

Ekstremizm – mazmuniga koʻra diniy va dunyoviy, namoyon boʻlishiga koʻra xududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga boʻlinadi. Diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistlar qayerda faoliyat koʻrsatmasinlar, asosiy maqsadlari diniy davlat barpo qilishdir.

Vayronkor gʻoyalar odamzot boshiga koʻpdan koʻp fojialar keltirgan. Oʻrta asrlarda Farbda amalga oshirilgan salib yurishlari Sharqdagi muqaddas yerlarni xristian boʻlmagan xalqlardan tozalash bahonasida qanchadan-qancha urushlar sabab boʻlgan. Vayronkor mafkuralar, vayronkor xatti-harakatlar asosida gʻayriinsoniy gʻoyalar yotadi. Ular insonga, insoniyat erishgan yutuqlarga nafrat bilan qarashni, buzgʻunchilikni ragʻbatlantiradi. Vayronkor mafkuralarning koʻrinishlari:

1.Diniy fanatizm - diniy mutaassiblik boʻlib, hayotda faqat muayyan qoidalarni ustun deb biladigan, xudo haqidagi haqiqatni oʻziniki qilib olishga intiladigan, taraqqiyotni, turli fikrlilikni tan olmaydigan, har qanday yangilikni kufrga yoʻyadigan zararli oqim. Bugungi kunda bizning mintaqamizda 1) vahhobiychilik, 2) “Hizbut-tahrir”, “Akromiylar” kabi aqidaparastlik oqimlari oʻz gʻoyalarini yoyishga xarakat qildilar. Ongi  zaharlangan yoki fanatga aylangan yoshlar qilayotgan ishlarini toʻgʻri deb hisoblagan holda, oʻzlarining qabih maqsadlari yoʻlida har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholangki, ularni bu yoʻlga boshlagan va yuqoridan turli topshiriqlarni berib turgan “rahbarlarining” asl maqsadi mohiyatan gʻayriinsoniy xarakterga ega. Zero, Prezidentimiz oʻzlarining “Olloh qalbimizda, yuragimizda” nomli asarlarida taʼkidlanganlaridek “Eng achinarlisi shundaki, bu yovuz kimsalar hali ongi shakllanib ulgurmagan tajribasiz, gʻoʻr yoshlarimizni oʻz tuzogʻiga ilintirib,ulardan oʻzlarining iflos maqsadlari yoʻlida foydalanmoqdalar. Bu esa islomning insonparvarlik gʻoyalarini obroʻsizlantirishga olib kelmoqda”. Fanatizimning jirkanch basharasi 1999-yil 16 fevra kuni respublikamiz poytaxti Toshkentda sodir boʻlgan qoʻporuvchilik va xunrezlik voqealarida yanada yorqin               namoyon boʻldi. 

Umuman olganda, fanatizm ham diniy ekstremizm va aqidaparastlik kabi gʻayriinsoniy mohiyatga egadir. Unga qarshi faqat maʼrifat va maʼnaviyat bilan kurashish kerak. 

2. Fashizm - (lotincha “fashio”, italyancha “fashizmo” - bogʻlam, toʻda maʼnosidagi soʻzlardan olingan) natsional, yaʼni millatchi sotsialistlar taʼlimoti, fashizm deganda, konstitutsiyaviy - demokratik tuzumga zid boʻlgan ijtimoiy va davlat tuzilmasi ham tushuniladi. Germaniyada milliy sotsialistik partiya tuzgan A.Gitler esa fashizmning “maʼnaviy otasi”ga aylandi. Fashizm 1939-1945-yillarda II jahon urushi olovini yoqdi. 50 mln.dan ortiq kishining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻzbekiston jangchilaridan 263005 kishi halok boʻldi, 132670 kishi dom-daraksiz ketdi, 604552 kishi nogiron boʻldi.

Fashistik davlat tuzilmalari XX asr 70-yillariga kelib Yevropa mamlakatlarida hukm surgan fashistik tartiblar barbod boʻldi. Chunonchi, Salazar hukmronligi davrida Portugaliyada, Franko hukmronligi davrida Ispaniyada, Mussolina hukmronligi davrida Italiyada, Gitler hukmronligi davrida Germaniyada  va Gretsiyada fashistik tartiblar tugatildi. Shuningdek, fashizm deganda, oʻn yillar mobaynida Yevropada faoliyat olib borgan oʻng ekstremistik harakatning mafkurasi, nazariyasi va amaliyoti tushuniladi. Bugungi kunda baʼzi mamlakatlarda (Avstriya, Germaniya va boshq.) Fashistik unsurlarning muayyan darajada faollashuvi kuzatilmoqda. Yangi fashizm gʻoyasi insoniyat uchun zararli ekanligini har bir inson anglamogʻi lozim.

“Rasizm” soʻzi “rasa” (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Yevropada “insoniyat nasli”ni turli irqiy guruhlar, jumladan, “oq”, “qora” va “sariq” irqqa ajratish uchun qoʻllana boshladi.

Irqchilik - odamlar oʻrtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zoʻravonlik va urushlarni kishilarning turli irqlarga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi gʻayri milliy taʼlimot. Irqchilik taʼlimoti “oq tanli”larning afzalligi, ularning azaldan “oliy irq” etib tanlangani, boshqa irqlarning esa “oq”larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pogʻonalarida turishini “asoslab” beradi. Uning asosiy gʻoyasi oʻzining “ilohiy” tabiatiga koʻra “oq” irqlarni “quyi” irqlar ustidan hukmron qilishga daʼvat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining rangiga koʻra ajralib turuvchi kishilarga tazyiq oʻtkazish, ularni haqoratlash, urish va oʻldirish kabi harakat-hodisalarda yaqqol namoyon boʻldi. Ijtimoiy hukmronlik shakllaridan birining mafkurasi boʻlar ekan, u buyuk davlatchilik, ashaddiy shovinizm, “tanlangan” xalqlarning milliy afzalligi gʻoyalari bilan chambarchas bogʻlanib ketadi.

Irqchilik - koʻp qiyofali. Masalan, oʻzini oliy irq hisoblagan ingliz, ispan, fransuz bosqinchilari oʻrta asrlar va ayniqsa, XVIII-XIX asrlarda Amerika, Avstriya, Afrika va Osiyoda yerli xalqlarni koʻplab qirib tashladilar. Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan XX asrda uzoq yillar mobaynida oʻtkazib kelingan irqiy ayirmachilik siyosati - shafqatsiz irqiy tahqirlash va kamsitishda oʻz ifodasini topdi

“Terrorizm” atamasi – Fransuz inqilobi(XVI –asrda) davrida muomalaga kiritilgan. “Terrorizm”(lot. Terror - qoʻrquv, dahshat,vahima) - maʼlum yovuz maqsadlar yoʻlida kuch ishlatib, odatlarni jismoniy yoʻq qilishdan iborat boʻlgan gʻoyaga asoslangan zoʻravonlik usuli. “Terrorizm” atamasiga 200ga yaqin taʼrif berilgan, biroq hali ularning birortasi tan olinmagan. Bu boradagi bahs-munozaralar 30 yildan buyon davom etmoqda.

Buning sababi, nazarimizda, terrorizm madaniy anʼanalar, ijtimoiy tuzilish va terrorizmga umumiy taʼrif berishni ancha qiyinlashtiruvchi boshqa koʻplab omillarga bogʻliq ravishda turli mamlakatlarda turlicha namoyon boʻluvchi, mohiyatan juda murakkab hodisa ekanligidadir. Shuning uchun ham bu hodisaga aniq va tugal taʼrif berish juda qiyin.

Ushbu fikrimizni tasdiqlash uchun terrorizmga berilgan bir nechta taʼrifni keltirib oʻtaylik: “Terrorizm siyosiy maqsadda amalga oshiriladigan, asoslangan zoʻravonlikdir”(B.Krozye, Buyuk Britaniya); ”Terrorizm – bu qoʻrqitish, majburlash yoki choʻchitish vositasida siyosiy maqsadlarga erishish uchun zoʻravonlikni ishlatish bilan tahdid solish yoki uni ishga solish” (I.Aleksandr tahriri ostidagi toʻplam, AQSH).

  “Milliy gʻoya: targʻibot texnologiyalari va atamalar lugʻati” da: “Terrorizm (lotincha “terror” – qoʻrquv, dahshat) – maʼlum yovuz maqsadlar yoʻlida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yoʻq qilishdan iborat boʻlgan gʻoyaga asoslangan zoʻravonlik usuli. Qoʻrqitish va dahshatga solish orqali oʻz hukmini oʻtkazishga urinish terrorchilikka xosdir”, - deb taʼrif berilgan.

Biz yuqoridagi taʼriflarni inkor etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil dekabrda qabul qilingan, “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi qonunda terrorizmga berilgan quyidagi taʼrifni birmuncha mukammal deb hisoblaymiz.

“Terrorizm – siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol –mulk va boshqa moddiy obyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfni keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron –bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni     murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini,hududiy yaxlitligini buzishga,  xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy – siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodesida javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar”.(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. -2001,№ 1-2, 15-modda)

Terrorizm iqtisodiy, siyosiy, diniy, gʻoyaviy, irqiy, milliy,guruhiy, individual shakllarda namoyon boʻlishi mumkin.

Taʼqib, zoʻravonlik, qoʻporuvchilik va qotillik terrorchilikning har qanday koʻrinishi uchun umumiy xususiyat boʻlib, gumanizm, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir, Shuning uchun, terrorizm qanday “bayroq” ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarish jinoyatdir.

Xalqaro terrorchilik tashkilotlari va oqimlarining                                               Oʻzbekiston Respublikasiga xurujlari – konstitutsiyaviy tuzumga tahdid


Markaziy Osiyo mamlakatlarida islom ruhoniylarining anʼanaviy ravishda kuchli boʻlgan taʼsiri SSSR parchalangach, yanada kuchaydi. Boshqa tomondan esa, nafaqat xavfli gʻoyalar, balki sovetlardan keyingi Markaziy Osiyo aholisi orasida islom dinining yoyilishi bilan bogʻliq biron-bir masalani hal etishda yanada muhimroq rol oʻynaydigan moliyaviy mablagʻlar bilan ham qurollangan minglab daʼvatchilar hamda murabbiylar biz tomon oqib kela boshlashdi. Chet ellik bu daʼvatchilar musulmonlar asosiy qismining diniy taʼlimotlardan bexabarligidan hamda ruhoniylar munosib zarba bermaganidan foydalanib, shu yerda, mamlakat ichida, doimo maksimalizmga moyil yoshlar orasida “sof” islom gʻoyasini tarqata boshladi. Ularning faoliyati turli xil islomiy guruhlarning tuzilishini tezlashtirdi va bu guruhlar mahalliy ruhoniylarning obroʻsidan foydalanib, diniy tashkilotlarni hokimiyat tuzilmalariga parallel tuzilmalarga aylantirishga urinib koʻrishdi. Mavjud tashkilotlarning ayrimlari jinoyatchilikka qarshi kurash shiori ostida huquq-tartibot organlari funksiyasining bir qismini oʻz zimmasiga olishdi, mustaqil taʼlimni yoʻlga qoʻshishdi, oʻz mahallalarida islom ahloqi normalariga rioya etilishini nazoratga olishdi-yu koʻchalarda soqchilik qila boshlashdi.

Masalan, Namangan shahrida bir qator musulmon malakatlarning moliyaviy koʻmagi bilan “Adolat”, “Tavba”, “Islom lashkarlari” va boshqa ekstremistik tashkilotlar tuzildi. SSSR parchalangach va 90-yillar voqealaridan keyin odatiy turmush tarzi buzilgach, vaziyat, istiqbol, ayniqsa, yoshlar uchun noaniq boʻlib qolgach, kishilarning bir qismi diniy tashkilotlar faollari taʼsiriga tushib qoldi. Bu tashkilotlar esa, oʻz navbatida, islom davlati barpo etilmas ekan, “oddiy kishilar” hayoti farovon boʻlmasligini uqtirishdi. Bunday davlatda, deyishardi ular, urugʻ-aymoqchilik boʻlmaydi, har kim oʻz qobiliyatini toʻliq namoyon etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Diniy tashkilotlar faollari dastavval oʻzlarini poraxoʻrlik va korrupsiyaning boshqa turlariga qarshi kurashayotgan koʻrsatishdi. Aslida esa baʼzi kallakesarlar tuzilmalarida chet ellik ayrim “daʼvatchilar” bevosita ishtirok etgan xollarda qayd qilindi. Ular jangarilar safida turib, ayollarning oʻgʻirlanishiga, dindoshlarning oʻldirilishiga, qiynoqqa solinishiga va h.k. ga “oq fotiha” berib, muftiy rolini bajarishgan. “Eng achinarli tomoni shundaki, oʻz oramizdan chiqqan kimsalarning orqasida katta mablagʻga ega boʻlgan, bizning yurtimizni oʻz taʼsiriga tobe etmoqchi boʻlgan siyosiy kuchlar turibdi”.

Namanganda 1991-yil yanvarda dasturiy maqsadalri “Musulmon birodarlar”ning koʻrsatmalariga oʻxshash va hokimiyat tepasiga kelish, majud tuzimni agʻdarish hamda islom davlatini barpo etishdan iborat boʻlgan “Adolat” guruhi yuzaga keldi. Soni 500 kishiga yetadigan tashkilotni Hakimjon Sotimov boshqarardi. Bu guruh jamoat tartibini saqlash va koʻcha jinoyatlariga qarshi qurash niqobi ostida har xil reydlar uyushtirildi, tekshiruvlar oʻtkazildi, kishilarni qoʻlga oldi. “drujinachilar” nuqtayi nazaridan aybdor boʻlgan shaxslar shariat ahkomlariga muvofiq xalq oldida jazolanardi.

  Huquqni muhofaza qilish organlari maʼlumotlariga koʻra, shu davrning oʻzida Oʻzbekiston hududida boshqa diniy-ekstemistik partiyalar ham ish olib borgan. Masalan, diniy islomiy oqim-“Akromiylar”, shuningdek keng ommaga kamroq maʼlum boʻlgan “Akromiya” harakati tuzuvchisi Fargʻona vodiysida tugʻilib-oʻsgan mulla Akrom, “ “Tabligʻ”, “Nurchilar” shular jumlasidan. Ular asosan Fargʻona vodiysida ish olib borishgan, Oʻzbekistonning boshqa mintaqalari -Toshkent, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida ham koʻzga tashlanishgan.

90-yillarning boshida Markaziy Osiyo mintaqasida ish olib borgan buzgʻunchi kuchlardan yana biri “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy” (“Islom ozodlik partiyasi”) tashkiloti boʻldi. Uning asoschisi Misrdagi “Al-Azhar” universitetini tamomlab  Quddus shahrida shaʼriy shikoyat sudining aʼzosi lavozimida ishlagan shayx Taqiaiddin Nabahoniy(1909 - 1979) dir. Bu tashkilotning  dasturiy xujjatlarida xalifalik islomiy boshqaruv tizimi sifatida talqin qilinadi. Islom davlati – islomni har tomonlama (ongli) qoʻllanadigan va tashqi dunyoda  dinga daʼvat qiladigan mamlakat. 

“Hizb ut -Taxrir” hujjatlarida musulmon mamlakatlari ( ayniqsa, Markaziy Osiyodagi beshta yangi mamlakatlar) hukumatlari islomiy boʻlmagan, deb tafsiflanadi. Shu xujjatlarga muvofiq, “Hizb ut-Tahrir” – “Ozodlik partiyasi”degan nom  uning  aʼzolarining “hozir dunyoning barcha burchaklarida hukmronlik qilayotgan  kofirlar hukmronligidan toʻliq ozod boʻlish”ga intilishini taʼkidlaydi.Bu maqsadlarni amalga oshirish  hamda olamda yuz berayotgan voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildirish uchun 1989-yildan boshlab “Al-vaʼy” (Ong) nomli jurnalni turli tillardagi tarjimasi bilan muntazam ravishda chiqarib kelmoqda. Eng yomoni mazkur jurnalning oʻzbek tilidagi 140 dan ortiq soni mamlakatimizda maxfiy ravishda tarqatilganligi maʼlum.

  “Hizb ut-Tahrir” partiyasining1999-yil 14-mayda Toshkent shahar sudi tomonidan sudlangan 12 faolidan 8 nafari uning faoliyatida 1995-yildan ishtoirok etishgan. Ushbu guruh boʻyicha sudning ayblov xulosasida “Hizb ut-Tahrir” mafkurasi Oʻzbekistonga 1995-yilda Iordaniya fuqarosi Salohiddin tomonidan keltirilgani taʼkidlanadi. Qidiruvda boʻlgan X.Nosirov va N.Saydaminov shu yilning oʻzida “Hizb ut-Tahrir”ning oʻzbek filialini tuzishgan, keyinchalik esa Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida uning mintaqaviy boʻlimlarini ochishgan.

  “Hizb ut-Tahrir” oʻz targʻibot faoliyatida asosan hali yetarlicha maʼlumotga ega boʻlmagan yoshlar baʼzan ayollarni nishonga olardi. 

Islom diniga qattiq qiziqqan va arab tilini oʻrganishga intilganlar tanlab olinardi. “Hizb ut-Tahrir”ideologiyalari oʻz targʻibotchilik faoliyatini kuchaytirishga urinib.tashkilotning yangi aʼzolaridan musulmon anʼanalarini chuqur oʻrganishni talab qilmay, diniy tartibot va marosimlarni yuzaki oʻzlashtirishlari bilan cheklandi.

“Hizb ut-Tahrir”guruhi respublikada Konstitutsiyaga qarshi varaqalar tarqatib, uning ichki ishiga aralashishni ham talab qildi. Muammoni hal etish uchun 1995-yilda Toshkent va Andijonda yashirin bosmaxonalar ochishga qaror qilindi.

1992-yilda Oʻzbekistonda mahalliy aqidaparast tashkilotlar qonundan tashqari, deb eʼlon qilingach, ularning faollaridan koʻpchiligi Tojikistonga qochib oʻtishdi. Qochoqlar orasida Jumaboy Hojiyev ham bor edi. Namangan viloyatida tugʻilgan J.Xojiyev aqidaparastlik harakati yetakchilaridan biri sifatidagi yoʻlini 1987-yil noyabrda, harbiy-desant qoʻshinlariga armiya xizmatiga chaqirilgandan boshlagandi. 1988-yilda Hojiyev Afgʻonistonga borib qoldi. 1989-yilda harbiy xizmatdan vataniga qaytgach, musulmon ruhoniylar bilan aloqa bogʻladi. Hojiyev tez orada Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng nufuzli aqidaparast ruhoniylaridan biri boʻlgan Abduvali Mirzayevga shogird boʻlib tushdi. 1992-yilda Afgʻonistonga oʻtib, tojik muxolifatining mashq lageriga tushib qoldi. Soʻng oʻz “professional” tayyorgarligini “Jamoati islomiy” tashkilotining mashq bazasida davom ettirdi.

Ayni mahalda Nabaxniy va uning izdoshlari oʻz daʼvatlarida Rasululloh Muhammad (s.a.v.)ning “sahih” maqomiga ega hadislarini tafsir qilishdan oʻzlarini olib qochishgan. Bunga ajablanmasa ham boʻladi, chunki paygʻambarning aynan sahih hadislarida ilk halifaliklar dastlabki sof koʻrinishda takrorlanmasligi, shuningdek, Rasululloh vafotlaridan keyin 30 yil oʻtgach(963) musulmonlar bunday davlatchilikni tiklay olmasligi nazarda tutilgan. Mazkur hadisda Rasululloh: “Mendan keyin xalifalik 30 yil davom etadi, undan soʻng podshohliklar paydo boʻladi”,-deganlar.  ( Imom at-Termiziy).

Haqiqatdan ham paygʻambarimiz bashoratlarini tarix tasdiqladi, 30 yil xulofon roshidiylar Abu –Bakr Siddiq, Umar bin Xattob, Usmon bin Affon,Ali bin Abu Tolib 632 -661-yillar davomida islom gʻoyalarini asl  xolda saqlab qolishga bor kuchlarini baxshida etdilar. Demak, hozirgi asrimizda xalifalikni tiklash gʻoyasi islom dini taʼlimotiga ziddir.

“Oʻzbekiston Islom harakati” –Oʻzbekistonda gʻayriqonuniy faoliyat yuritayotgan “Vahhobiylik” diniy ekstremistik oqimining tashkiliy tizimi sifatida 1990 -1992-yillarda oʻz faoliyatini boshlagan. Ularning asosiy maqsadlari – Oʻzbekistonda amaldagi davlat tuzumiga jihod eʼlon qilib, Konstitutsion tuzumni agʻdarib boshqaruvni qoʻlga kiritish; vahhobiylik mafkurasini amalga tadbiq etish; islomiy davlatlarning birlashgan yagona halifaligini barpo etish. Bu guruhga Namangan viloyatida tugʻilib-oʻsgan Tohir Yoʻldosh rahbarlik qilardi. U “Al-Qoida”, “Tolibon, “Al jihod”” kabi koʻplab ektremistik tashkilotlar bilan har tomonlama aloqa oʻrnatdi, shuningdek jangarilar uchun mablagʻ toʻplash bilan shugʻullandi.U 1999-yili Toshkentda sodir etilgan bir qator teraklarga ham boshchilik qilgan. 

  “Islomiy davlat” (“DAISH”) – 1999-yilda Iroqda tashkil topgan ekstremistik, terroristik tashkilot va hozirgi kunda oʻz faoliyatini asosan Suriyada va Iroqda olib borayapti. Maqsadi: umumjahon halifalik davlatini tuzish.

“Al- Qoida”,  “Turkiston islomiy partiyasi”,  “Islom jihodi ittifoqi” va boshqalar terroristik tashkilotlari sifatida tan olingan.

Yuqoridagi tavsiflari  berilgan diniy oqimlar va tashkilotlarning nomlari tulicha boʻlsa-da, aslida ularning maqsadlari va gʻoyalari bitta – dinni niqob qilib hokimiyatga intilish, tinch –osoyishta xalq orasida nifoq va ixtilof chiqarish. Bugungi kunda biror –bir davlat, biror –bir mintaqa yoʻqki, terrorizm balosidan aziyat chekmagan boʻlsinlar.Oʻzbekiston ham terrorizm balosi bilan yuzma –yuz kelgan davlatlardan biri. Begunoh odamlar hayotiga zomin boʻlgan 1999-yil 16-fevral oqibatlari, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi hamda Burchimulladagi(2000y) toʻqnashuvlar, 2004yil 28-mart-aprel va iyul voqealari (Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida), 2005-yil 12-13-may kunlari Andijonda sodir etilgan fojia xalqimiz xotirasidan koʻtarilgan emas.

Keyingi yillarda diniy aqidaparastlikning jonlanishi, chet eldagi aqidaparast ekstremistik kuchlarning mamlakatimizga taʼsir oʻtkazishga urinishlari aholining mayyan qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni maʼnaviy jihatdan ham muhofaza qilish zarurligini koʻrsatmoqda. Maʼnaviy  muhofazanining moddiy muhofazadan farqli tomoni shundaki, yoshlar ongida boʻshliq  paydo boʻlishga yoʻl qoʻymasligimiz, uni hayotbaxsh  maʼnaviy merosimiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boytib borishimiz kerak. Davlatimiz rahbarining jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan kurashish lozimligi haqidagi iboralari negizida xuddi shu mazmun yotadi. Agar yoshlar ongiga boy merosimizdagi insonparvarlik, vatanparvarlik gʻoyalarini  singdra olsak, ularda aqidaparastlikka qarshi mafkuraviy immunitet hosil boʻladi. Shunda ularni aqidaparastlikdan himoya qilishga ehtiyoj qolmaydi. Shunda ular oʻzlari ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlikning har qanday koʻrinishiga qarshi kurash olib boradilar. 

Shulardan xulosa qilinsa,turli radikal gurux va tashkilotlarning gʻoyasi va maqsadi islom taʼlimotidan uzoq demokratik –huquqiy davlat konstitutsiyasiga zid, jumladan, yurtimizdagi vijdon erkinligini suiisteʼmol qilib, siyosiy hokimiyatga intilishdan boshqa narsa emas. Bunday partiya va oqimlar siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tanazzul, eng yomoni birodarkushlik, xunrezliklarga sababchi boʻladi. Hozir dunyoda 1 milliard 300 milliondan ortiq odam islom diniga eʼtiqod qiladi. Muqaddas islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan allaqanday mutassib kuchlar,tabiiyki, yer yuzidagi barcha musulmonlarning ruhiy olami va dunyoqarashini belgilay olmaydi.

Darhaqiqat, muborak nomlarini butun islom dunyosi cheksiz ehtirom bilan tilga oladigan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Zamaxshariy, Xoja  Bahouddin Naqshband kabi piri komillarni yetishtirib chiqargan zamin farzandlarini hech qanday kuch, hech qachon hidoyatdan zalolatga bura olmaydi.


Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar: 

1. Aqida tushunchasi va uning turlari haqida gapirib bering.

2. Diniy ekstremizm, fundamentalizm,terrorizm tushunchalari va uning jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri  qanday? 

3. Xalqaro terrorchilik tashkilotlari va oqimlarining Oʻzbekiston     Respublikasiga xurujlari  haqida nimalarni bilasiz? 

4. Diniy ekstremizm, fundamentalizm va terrorizmga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslarini izohlab bering. 


 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: Oʻzbekiston, 2019y.  2. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida.(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 2001, №1-2; 2004,№5)

3.Karimov I.A. Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida:xavfsizlikka     taxdid,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T .:Oʻzbekiston, 1997 .     

4.   Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch.-T.:” Maʼnaviyat”,2008.

 5. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari. (“ Toshkent islom universiteti” nashriyot- matbaa birlashmasi) T.; 2005-y.

6. Gʻoyibnazarov Sh. Xalqaro terrorizm: ildizi, omillari va manbai. –T.:Oʻzbekiston, (162- 167 betlar.),2009.